Payariq tumanida 2017-2022 yillar davomida hamda 2023 yilga aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi holati tahlil qilindi. Xususan, 2017-2022 yillar mehnat resurslari balansiga ko‘ra tumanda ishsizlik darajasi qo‘yidagicha bo‘lgan. Jumladan:
- 2017 yilda iqtisodiy faol aholi 98,9 ming nafar bo‘lib, shundan band bo‘lgan aholi 91,0 ming nafar va ishsizlar 7,0 ming nafar va ishsizlik darajasi 7,1% (viloyat ko‘rsatkichi 6,5%)ni;
- 2018 yilda iqtisodiy faol aholi 103,4 ming nafar bo‘lib, shundan band bo‘lgan aholi 93,3 ming nafar va ishsizlar 10,0 ming nafar va ishsizlik darajasi 9,7% (viloyat ko‘rsatkichi 9,7%)ni;
- 2019 yilda iqtisodiy faol aholi 103,8 ming nafar bo‘lib, shundan band bo‘lgan aholi 94,2 ming nafar va ishsizlar 9,6 ming nafar va ishsizlik darajasi 9,3% (viloyat ko‘rsatkichi 9,3%)ni;
- 2020 yilda iqtisodiy faol aholi 99,6 ming nafar bo‘lib, shundan band bo‘lgan aholi 88,5 ming nafar va ishsizlar 11,1 ming nafar va ishsizlik darajasi 11,2% (viloyat ko‘rsatkichi 11,0%)ni;
- 2021 yilda iqtisodiy faol aholi 97,5 ming nafar, shundan band bo‘lgan aholi 87,6 ming nafar va ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan ishsizlar 9,9 ming nafar va ishsizlik darajasi 10,1%ni tashkil etgan.
Shuningdek, 2022 yil yanvar-dekabr oylarining mehnat resurslari balansiga ko‘ra tumanda o‘rtacha doimiy aholi 263 629 nafarni tashkil etib, shundan mehnat resurslari 131 321 nafar, iqtisodiy faol aholi 97 890 nafar, band bo‘lgan aholi 88 352 nafar (shundan, rasmiy sektorda bandlar 35 000 nafar, norasmiy sektorda bandlar 37 796 nafar va chetga ketganlar 15 556 nafar)ni tashkil etdi. Shundan kelib chiqib, ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan ishsizlar 9 538 nafarni va ishsizlik darajasi 9,7%ni tashkil etdi.
Ishsizlik darajasi mahallalar kesimida o‘rganilganda, Nakurt MFYda bu ko‘rsatkich 10,8%, G‘allakor MFY - 10,5%, Ko‘lto‘sin MFY - 10,3%, Go‘zal, Istiqlol, Oqtosh, Qirqovul, Axmad Yassaviy, Do‘stlarobod, Burqut, Choshtepa, Zarafshon, Bobur, Ilg‘or, Toshxovuz, G‘oyib ota, Bunyodkor, Tomoyrot, Navro‘z, Sarbozor, Fitrat, Olmazor va Yangi hayot MFYlarida - 9,9%, A.Navoiy, Birlashuv, Toxirshayx, Boshcho‘rosh, Guliston, Juvozxona, Taraqqiyot, Darvishiq, Aliobod, Turkibola, Mirzo Ulug‘bek, Polvonariq, Xo‘ja Ismoil, Maniobod, Oqqo‘rg‘on, To‘polos, Xalqobod, Qumchuq, Xo‘jaobod, Katta ishsaydov, O‘ymovut va O‘zbekiston MFYlarida - 9,8% ni tashkil etib, tumanning shu ko‘rsatkichidan yuqori hisoblanadi.
Tumanda 2022 yil davomida 53 874 nafar aholi doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishga band qilindi. Jumladan, tarmoq va sohalar kesimida o‘rganilganda, tadbirkorlikni rivojlantirish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida 18 286 nafar (shundan, xizmatlar ko‘rsatish, servis va savdo sohasida 13 268 nafar, hunarmandchilikda – 491 nafar, boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlarida 4 527 nafar), qurilish, transport va kommunal sohasida 500 nafar, investitsiyalar va mahalliy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida 868 nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 33 485 nafar (shundan, pillachilik sohasida 13 193 nafar, aholi tomorqasini tartibga solish hisobiga – 584 nafar, sohaning boshqa yo‘nalishlarida 19 708 nafar) hamda turizmni rivojlantirish va madaniyat sohasida 735 nafar ishsizlar bandligi ta’minlandi. Faqat, tadbirkorlikni rivojlantirish va xizmatlar ko‘rsatish hamda turizmni rivojlantirish va madaniyat sohasi yo‘nalishlarida aholini bandligini ta’minlash reja-ko‘rsatkichlari 98%ga ijro etilgan.
2022 yilda tuman bo‘yicha ko‘chib kelganlar migrantlar soni 375 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 1114 kishini tashkil etadi. Migratsiya qoldig‘i minus 739 kishiga (2021 yilning shu davrida minus 370 kishi) teng bo‘ldi.
Tumanda, ayniqsa ishsizlik darajasi og‘ir bo‘lgan mahallalarda aholini bandligini ta’minlash vazifalarini bajarish maqsadida 2023 yil davomida 34 047 nafar aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarga jalb qilish rejalashtirilgan. Ish o‘rinlarning 10 560 tasi doimiy, 18 757 tasi mavsumiy va 4 730 tasi norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish hisobiga yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Prognoz ko‘rsatkichlar tarmoqlar qirqimida qo‘yidagicha ko‘rinishiga ega bo‘ladi:
- hududiy investitsiya dasturlari doirasida 35 ta loyihalarni ishga tushirish hisobiga 443 ta ish o‘rni yaratilishi;
- qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida jami 22 199 nafar (shundan, fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarda 1504 nafar, dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish hisobiga 10 650 nafar, takroriy ekin uchun yer ajratish hisobiga 3 320 nafar, tomorqa xizmatida 2 152 nafar, pillachilikda 4 490 nafar va suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida 83 nafar) ishsiz aholi bandligi ta’minlanishi;
- xizmatlar va tadbirkorlik yo‘nalishida 11 405 nafar (shundan 5 806 nafar doimiy, 869 nafar mavsumiy va 4 730 nafar norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish hisobiga) fuqarolarning bandligi ta’minlash rejalashtirilgan.
Sohalar kesimida tahlil qilinganda, savdo va servis yo‘nalishida 4 196 nafar, mikroloyihalar va mikro markazlar hisobiga 1 176 nafar, kasanachilik, vaqtinchalik ishlarda band qilish va qurilish brigadalari tashkil qilish hisobiga 692 nafar, hunarmandchilikda 233 nafar, qurilishi, kommunal soha va obodonlashtirish yo‘nalishidagi xizmatlarda 208 nafar, turizm va madaniyat sohasidagi xizmatlarda 170 nafar, norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish orqali 2 822 nafar va bo‘sh ishga joylash hisobiga 1 908 nafar ishsizlarni band qilish nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish