Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlari bilan ochiq muloqotda ko‘p tadbirkorlarni nomma nom sanab, xizmatlari va harakatlarini yuksak baholadi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlari bilan ochiq muloqotda ko‘p tadbirkorlarni nomma nom sanab, xizmatlari va harakatlarini yuksak baholadi (+foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tadbirkorlarning takliflari eshitiladi.

Muloqotda O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida 500 ga yaqin tadbirkor, viloyatlardagi studiyalarda esa jami 2000 ga yaqin ishbilarmonlar kuzatishi va ishtirok etmoqda.

“Bugun O‘zbekistonda 1,5 million tadbirkor bor. Avval 400 mingta edi. Shu 1,5 million tadbirkor 5 million aholiga ish beryapti. Men hokim, bosh vazir bo‘lganimda tadbirkorlarni qanday muammolar qiynayotganini bilganman. Menda ularga yechim topish kerak, degan armonim bor edi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar xususida gapirib o‘tdi.

“Keyingi 3-4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, ko‘chmas mulk va resurslarga ega bo‘lish, eksport kabi masalalarda ko‘plab yangi-yangi imkoniyat va sharoitlarni yaratdik. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha mavjud cheklovlar, to‘siq va g‘ovlarning ko‘piga barham berildi.

Eng asosiysi, el orasida va davlat idoralarida tadbirkorlarga nisbatan munosabat o‘zgardi, jamiyatda ularning obro‘ va mavqei kun sayin tobora ortib bormoqda. Natijada ichki va tashqi bozorda o‘z mustahkam o‘rniga, nufuzi va brendiga ega bo‘lgan, haqiqiy tadbirkorlarimiz sinfi shakllana boshladi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xom ashyo bo‘yicha mavjud cheklovlar, to‘siq va g‘ovlarning ko‘piga, barham berildi.

Keyingi yillarda sizlar iqtisodiyotimiz va islohotlarimiz tayanchiga hamda lokomotiviga aylandingiz, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Siz kabi ishning ko‘zini biladigan, ishbilarmon yurtdoshlarimiz timsolida biz chin ma’nodagi Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini ko‘ramiz.

Mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularda hozirgi kunda 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilmoqdalar. Agar biz iqtisodiyotimizni yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari shijoatli va fidoyi tadbirkorlarning ayrimlarini tilga olib, xalqimizga madadkor bo‘layotgani uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

"Biz doimo izlanib, yangilikka intilib yashaydigan tadbirkorlarimizni, o‘z ishiga fidoyi va jonkuyar, vatanparvar insonlar deb bilamiz va ularni qadrlaymiz.

Ayniqsa, murakkab pandemiya davridagi sinov va qiyinchiliklar paytida ham, xalqimizga madadkor bo‘lib, o‘z biznesini nafaqat saqlab qolgan, balki yangi ish o‘rinlarini yaratib, muhtojlarga ko‘mak berayotgan hamda ishlab chiqarish va eksportni oshirgan tadbirkor do‘stlarimga bugun chin qalbimdan rahmatlar aytaman.

Ana shunday faol va fidoyi tadbirkorlarning 100 nafariga chuqur minnatdorchilik ramzi sifatida, birinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining minnatdorchilik xatini imzoladim.

Fursatdan foydalanib, ana shunday e’tirofga sazovor bo‘lgan fidoyi, vatanparvar, saxovatpesha va g‘ayratli tadbirkor va ishbilarmonlarga, takroran chuqur tashakkur bildiraman va chizlarning safingiz, butun mamlakatimiz bo‘ylab, kun sayin oshib borishiga astoydil ishonaman.

Namangan viloyatida “Chust tekstil” (aka-uka Ismatullayevlar), “Art soft xolding” (aka-uka Boboxonovlar), Toshkent shahridagi “Texno Eksport” (Sherzod Qosimov), Toshkent viloyatida “Nyu Vey Indastriz” (Sardor Abbosxonov), Samarqandda “Oxalik Oltin bog‘i” (Olim Soliyev) kabi korxonalar o‘z faoliyatini “nol”dan boshlab, hozirgi kunda, 10-15 million dollarlik mahsulot eksport qilmoqdalar. Ayni paytda ularning har biri, minglab ish o‘rinlarini yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi.

Andijonda Dinar tekstil” (Xad‌iyatillo Tillaboyev), Qashqadaryoda “Bunyodkor” (G‘olib Erqulov), Sirdaryoda “Mega Lyuks” (Muxiddin Normatov), Farg‘onada “Farg‘ona Global Tekstil” (Mo‘minjon Razaqov), Xorazmda “Xorazmteks” (Alisher Sobirov), Jizzaxda “Sangz‌or tekstil” (Otabek Xo‘jametov), Buxoroda “Parvoz Xumo Ravnaq trans” (Shermuxammad Ochilov), Surxondaryoda “Ind‌yenim klaster” (Sherzod Shoymardonov), Navoiyda “Baxt tekstil” (Bahriddin Mo‘minov) kabi korxonalar, qisqa muddatda ishlab chiqarish, eksport va ish o‘rinlarini 10-15 barobar oshirishga erishdilar.

Kamol Abdullayev, Qutlimurat Panayev, Murtazo Rahmatov, Ulug‘bek Sotiboldiyev, Ulug‘bek To‘xtaboyev, Murod Yoqubov, Zafar Hoshimov, Shavkat Jamolov, Murod Nazarov, aka-uka Mamasaidovlar, Farrux Fuzailov, Baxtiyor Azizxo‘jayev, Farxod Mamajanov, Bekzod Mamatqulov, Baxtiyor Umarov kabi nufuzli tadbirkorlarimiz, o‘z bizneslarini butun mamlakat miqyosida kengaytirmoqdalar”, dedi Prezident.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar