Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni 2024 yil 1-iyul holatiga, 922,1 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 8 ming kishiga yoki 0,9% ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 397,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 43,1%), qishloq aholisi soni 525 ming kishi (56,9%)ni tashkil etdi.
Viloyat hududlari kesimida eng ko‘p aholi soni Boyovut tumanida 140,1 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 15,2%ni) va Sirdaryo tumanida 138,2 ming kishini (15%), aksincha eng kam aholi soni Shirin shahrida 19,4 ming kishini (2,1%) va Yangiyer shahrida 48,5 ming kishi (5,3%)ni tashkil etdi.
Qayd etilgan nikohlar soni 2,4 mingtani, har 1000 aholiga nikoh koyeffitsiyenti 5,3 promilleni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 0,1 promillega kamaygan. Ajrimlar soni 0,8 mingta, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koyeffitsiyenti 1,7 promilleni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 0,1 promillega kamayish kuzatilgan.
Eng ko‘p ajrimlar Boyovut tumanida 123 ta, Guliston shahrida 118 ta, Sirdaryo tumanida 117 ta, aksincha eng kam ajrimlar Shirin shahrida 23 ta va Sardoba tumanida 35 tani tashkil etdi.
Har ming kishiga ajralishlarning eng yuqori ko‘rsatkichlari Guliston va Shirin shaharlarida (2,4), eng past ko‘rsatkichlari Sayxunobod va Sardoba (1,0) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Tug‘ilgan chaqaloqlar soni 10,4 ming bola (har ming kishiga – 22,8, 2023 yilga nisbatan 1,8 promillega kamaygan) bo‘lib, shundan eng ko‘p tug‘ilishlar Boyovut 1 573 (22,7), Sirdaryo 1 481 (21,6) tumanlarida, aksincha eng kam tug‘ilishlar Shirin shahrida 86 (8,9) va Yangiyer shahrida 528 (22,0)ni tashkil etdi.
Qayd etilgan o‘limlar soni 2,1 mingtani, har ming aholiga o‘lim koyeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 0,2 promillega kamaygan.
O‘limning asosiy sabablari bo‘yicha: qon aylanishi tizimi kasalliklaridan-1 223 (umumiy holatning 59,1%), o‘simtalardan-176 (8,5%), baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan-139 (6,7%), nafas olish a’zolari-131 (6,3%), ovqat hazm qilish a’zolari-96 (4,6%), yuqumli va parazitar kasalliklardan-56 (2,7%), boshqa kasalliklardan-251 (12,1%).
Doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar 3,6 ming kishini, har 1000 aholiga ko‘chib kelish koyeffitsiyenti 7,9 promilleni tashkil yetib, o‘tgan yilga nisbatan 1,1 promillega ko‘paygan. Doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar 3,9 ming kishini, har 1000 aholiga ko‘chib ketish koyeffitsiyenti 8,6 promilleni tashkil yetib, o‘tgan yilga nisbatan 0,3 promillega ko‘paygan.
Saibov Farrux Farxodovich
Izoh qoldirish