2020 yilda O‘zbekistonga qancha xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari kelib tushdi

2020 yilda O‘zbekistonga qancha xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari kelib tushdi

2020 yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 6,03 milliard dollarni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga yoki 0,3 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 1,2 milliard dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 157 million dollarga yoki 15 foizga oshdi. Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 4,83 milliard dollarga yetdi.

2020 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga dunyoda COVID-19 pandemiyasining boshlanishi bilan bog‘liq ichki hamda tashqi bozor holatidagi o‘zgarishlar, tashqi savdo aylanmasining pasayishi, global biznes faoliyatining sekinlashishi va moliyaviy xatarlarning ortishi kabi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Shunga qaramay, joriy qilingan karantin chora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb etib, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining umumiy hajmiga salbiy ta’siri bo‘yicha xatarlar ro‘yobga chiqmadi va rezidentlarga o‘tkazmalar 2019 yilning mos davri darajasida saqlanib qoldi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar