Xususan, qabullarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Xalq ta’limi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, "Hududgazta’minot" AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
Mazkur qabullar joriy yilning 18-24 may kunlari Toshkent viloyati bo‘lib o‘tadi.
Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.
Toshkent viloyatida o‘tkaziladigan ommaviy sayyor qabullar joyi
Aholi keladigan hududlar nomi | Sayyor qabul o‘tkaziladigan joy | Sana va vaqti |
O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Parkent, Nurafshon sh. | Bektemir tumani, Bektemir shoh ko‘chasi, Toshkent viloyati Xalq qabulxonasida | 18 may soat 10:00 dan |
Bo‘ka, Bekobod, Piskent Bekobod sh. | “Bo‘ston” MFY hududida joylashgan “Yoshlar” bog‘i | 19 may soat 10:00 dan |
Quyi Chirchiq, Chinoz, Oqqo‘rg‘on | “Beruniy” MFY hududida joylashgan Madaniyat uyida | 20 may soat 10:00 dan |
Zangiota, Toshkent, Yangiyo‘l, Yangiyo‘l sh. | Nazarbek, Temiryo‘l sanatoriyasida | 21 may soat 10:00 dan |
Ohangaron sh., Olmaliq sh., Angren sh., Ohangaron | Xolmuxamedov ko‘chasida joylashgan “Ohangaron” madaniyat va istirohat bog‘ida | 23 may soat 10:00 dan |
Bo‘stonliq, Qibray, Chirchiq sh. | “Xojikent” MFY, “Xojikent” pansionatida | 24 may soat 10:00 dan |
Izoh qoldirish