Mazkur aksiya O‘zbekistonning shimoliy hududi Nukus shahrida start olgan edi.“Yuksalish” umummilliy harakati faollarining ushbu tashabbusi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
“Gulistonda aksiyaning birinchi kunidanoq 1 ming tup manzarali ko‘chat o‘tqazildi, deydi “Yuksalish” umummilliy harakati Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Sarvar Sultonov.Erta –indin Guliston davlat universitetida behizor va olxo‘rizor bog‘lar yaratishga kirishiladi. Shahar landshaftining rang –barangligini ta’minlash maqsadida Olmazor, Behizor, Olchazor, O‘rikzor kabi ko‘chalar, hududlar tashkil etish rejalashtirilgan. Aksiya davomida har bir tuman va shaharda 100 mingtadan nihol ekish mo‘ljallangan.Tadbir doirasiga yangi qurilish maydonlarini ko‘kalamzorlashtirish ham kiritilgan”.
Ma’lumot uchun. Ushbu aksiya Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriluvchi “UzWaterAware” Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazining O‘zbekistondagi filiali loyihasi hamda mahalliy hokimliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.“Bir million daraxt” aksiyasining maqsadi — o‘rmonlarni kesish va iqlim o‘zgarishi ta’siriga qarshi kurashish, odamlarni ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali qulay atrof-muhit yaratish, O‘zbekistonda daraxtlarni ko‘paytirish va o‘stirish masalalariga e’tiborni jalb qilish.
Ushbu loyihani yilda ikki marotaba: kuz faslida (oktyabrdan dekabrgacha) va bahor faslida (fevraldan aprelgacha) o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish