Xitoyda sunʼiy intellekt rivojlanayotgan şaroitda bandlikni qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida
Xitoy Davlat kengaşi sunʼiy intellekt (SI) rivojlanayotgan şaroitda yangi iş örinlarini yaratiş va bandlik qisqarişining salbiy oqibatlarini yumşatişga qaratilgan 6 ta yönaliş böyiça 18 ta vazifani nazarda tutuvçi yöriqnomani eʼlon qildi.
2025 yilda Xitoyda sunʼiy intellekt sanoati hajmi 178,6 mlrd dollardan oşdi. Sanoat korxonalarining 30 foizdan ortiği sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etgan.
Yöriqnomada quyidagi çoralar nazarda tutilgan:
– xodimlarni boşqa işga ötişga tayyorlaş. Korxonalarga sunʼiy intellektni joriy etiş natijasida iş örinlari qisqarişi mumkin bölgan xodimlarni oldindan xabardor qiliş mexanizmini tajriba tariqasida joriy etiş, ularga boşqa işga ötiş uçun yetarli vaqt beriş va kömaklaşiş tavsiya etilgan;
– sunʼiy intellektni joriy etişda bandlikni hisobga oliş hamda işçi kuçi yetişmaydigan yoki mehnat şaroitlari xavfli bölgan iş örinlarida uşbu texnologiyalarni ustuvor ravişda qöllaş;
– loyihalarning bandlikka taʼsirini baholaş. Faoliyat yuritiş uçun ruxsatnoma talab etiladigan sohalarda sunʼiy intellektni joriy etiş böyiça loyihalarni körib çiqişda iş örinlarining qisqariş xavfini baholaş nazarda tutilgan;
– korxonalarni iş örinlarini saqlaş va ularning sonini köpaytirişga qaratilgan maxsus kreditlaş dasturiga kiritiş;
– yangi kasblar va maqsadli taʼlim dasturlarini rivojlantiriş. Sunʼiy intellekt trenerlari, muhandislari va raqamli boşqaruv böyiça mutaxassislar uçun kasbiy standartlarni işlab çiqiş, şuningdek, iş beruvçilar buyurtmalari asosida öqitişni taşkil etiş nazarda tutilgan;
– iş joyini özgartirayotgan xodimlarga manzilli yordam körsatiş, jumladan, kasbiy maslahat beriş, malakasini oşiriş, mos böş iş örinlarini topiş va öz biznesini taşkil etişga kömaklaşiş.
Tomçilatib suğoriş samaradorligini oşiriş tajribasi
Xitoyning Şinjon mintaqasidagi Qaramay şahrida tuproq namligi va ğözaning rivojlaniş bosqiçiga qarab tomçilatib suğoriş tizimini avtomatik boşqariş texnologiyasi sinovdan ötkazildi.
Tajriba davomida tuproqning bir metrgaça bölgan çuqurligida har 20 sm oraliqda namlik datçiklari örnatildi.
Suğoriş vaqti datçiklar körsatkiçlari asosida belgilandi. Tuproq namligi belgilangan quyi çegaraga tuşganda suv beriş boşlandi.
Namlikning quyi çegarasi ğözaning unib çiqiş bosqiçida 50 foiz, şonalaş bosqiçida 60 foiz, gullaş va kösak hosil qiliş bosqiçida 75 foiz hamda kösaklarning oçiliş bosqiçida 55 foiz etib belgilandi.
Anʼanaviy tomçilatib suğoriş usuliga nisbatan suv sarfi 13,4 foizga kamayib, paxta hosildorligi 10,7 foizga oşdi.
Issiqxonalarda issiqlik energiyasini tejaş usuli sinovdan ötkazildi
Niderlandiyaning Botany tadqiqot markazida pomidor yetiştirişda issiqlik yöqotilişini kamaytiriş maqsadida ikki qatlamli issiqlikni saqlovçi ekranlar, ortiqça namlikni bartaraf etuvçi uskunalar va yoruğlik diodli (LED) yoritiş tizimi birgalikda qöllanildi.
Tajriba davomida maxsus ekranlar issiqxona içida issiqlikni saqlaşni taʼminladi, havo va issiqlik almaşinuvi uskunalaridan esa ortiqça namlikni bartaraf etiş uçun foydalanildi.
Şuningdek, yoritiş, harorat, suğoriş va ösimliklarni oziqlantiriş rejimlari özaro muvofiqlaştirildi.
Anʼanaviy usulga nisbatan quvurli isitiş tizimida issiqlik energiyasi isteʼmoli 50 foizdan ortiqqa kamaydi.
Yoruğlik diodli çiroqlardan ajraladigan issiqlik ham issiqlik energiyasi isteʼmolini kamaytirişga xizmat qildi.
Izoh qoldiriş