2026 yil 24 noyabr kuni Toşkent şahrida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining (Markaz) Hukumat akseleratori doirasida “Texnologik metallar sohasida ilm-fan va sanoat kooperatsiyasi” mavzusida amaliy uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari vakillari mineral xomaşyoni çuqur qayta işlaşda qaysi mahalliy ilmiy işlanmalardan foydalaniş mumkinligi va ularni sanoat işlab çiqarişiga qanday joriy etiş masalalarini muhokama qildilar.
Tadbir Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz), Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlaniş agentligi hamda Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan taşkil etildi.
Tadbirda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Şahloxon Turdiqulova, Toğ-kon sanoati va geologiya vaziri örinbosari Öral Yusupov, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori örinbosari Jahongir Yunusov, Innovatsion rivojlaniş agentligi direktori örinbosari Javlonbek Abdujalilov, TMK boşqaruv raisining yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantiriş böyiça örinbosari Amir Abidov, TMK ilmiy-tadqiqot parki maslahatçisi Sebasten Tupi, şuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari va sanoat korxonalari rahbarlari hamda vakillari iştirok etdilar..
Muhokamaning asosiy mavzusi muhim minerallarni çuqur qayta işlaş, yangi texnologiyalarni özlaştiriş va yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişda ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş masalalari böldi.
Uşbu yönalişni rivojlantiriş Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026 yil 5 noyabrdagi yiğilişida belgilab berilgan vazifalarda nazarda tutilgan. Xususan, muhim materiallar işlab çiqariş turlarini 5 tadan 16 taga yetkaziş, ularni çuqur qayta işlaş va yangi turdagi mahsulotlar işlab çiqarişni özlaştiriş vazifalari belgilangan. 2030 yilga borib uşbu yönalişlarda işlab çiqariş hajmi 2,7 mlrd dollardan oşişi lozim.
Uçraşuvni oçib bergan Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Ş.Turdiqulova ilm-fan va iqtisodiyotning real sektori örtasida bevosita aloqalarni yölga qöyiş hamda ilmiy işlanmalarni işlab çiqarişga joriy etiş mexanizmlarini yaratiş muhimligini taʼkidladi.
“Ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi uziliş deklaratsiyalar bilan emas, balki aniq buyurtmalar orqali bartaraf etiladi. Korxonalar 137 ta vazifani belgilab berdi, institutlar esa 45 ta işlanmani taklif qildi. Endi har bir vazifa böyiça taklif etilgan yeçimni real işlab çiqariş şaroitida sinovdan ötkaziş muhim. Aynan muhim minerallarni çuqur qayta işlaş sohasida ilm-fan sanoat uçun taşqi maslahatçi emas, balki tölaqonli hamkorga aylanişi mumkin”, - deya taʼkidladi Ş.Turdiqulova.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori örinbosari F.Raxmatov özining kiriş sözida uçraşuvlarning yangi formati sanoat korxonalari, ilmiy hamjamiyat va texnologiyalarni işlab çiquvçilar örtasida bevosita va tizimli hamkorlikni yölga qöyiş tamoyiliga asoslanganini taʼkidladi.
Uçraşuv davomida toğ-kon sanoati va geologiya vaziri örinbosari Ö.Yusupov Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hamkorlikni uşbu formatda taşkil etiş taşabbusini qöllab-quvvatladi. Şuningdek, u ilmiy-sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantiriş va mahalliy ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etişga kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.
“Şu bilan birga, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy taʼlim taşkilotlarining tarmoq korxonalari bilan hamkorligini institutsional jihatdan mustahkamlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining (2026 yil 24 iyuldagi PQ-276-son) qarori bilan işlab çiqariş va geologiya-qidiruv jarayonlarida yuzaga kelayotgan texnologik muammolar va ehtiyojlarni aniqlaş hamda joylaştiriş, şuningdek, ularni bartaraf etiş böyiça ilmiy-innovatsion yeçimlarni işlab çiqiş va joriy etişga qaratilgan maxsus tizim işlab çiqildi.
Hozirgi vaqtda mazkur tizim sinov rejimida işga tuşirilgan. Uning doirasida respublikadagi işlab çiqariş kombinatlari tomonidan 50 tadan ortiq ğoya şakllantirildi. Uşbu mexanizm orqali korxonalarning aniq texnologik ehtiyojlarini olimlar va tadqiqotçilarga yetkaziş, ilmiy işlanmalarni işlab çiqariş buyurtmalari bilan boğlaş, şuningdek, ularni sanoatga joriy etiş jarayonlarini tizimli taşkil qiliş nazarda tutilgan”, - deya taʼkidladi Ö.Yusupov.
Özbekiston texnologik metallar kombinati boşqaruv raisining yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantiriş böyiça örinbosari A.Abidov kombinatning texnologik ehtiyojlari haqida maʼlumot berdi. Kombinat volfram, molibden va reniyni öz içiga olgan beş turdagi muhim materiallarni işlab çiqarişni özlaştirgan. Ayni paytda umumiy investitsiya qiymati 4,2 mlrd dollar bölgan 140 tadan ortiq loyiha, jumladan, öta yuqori tozalikdagi metallarni işlab çiqariş böyiça loyihalar işlab çiqilmoqda.
A.Abidov ilmiy-sanoat kooperatsiyasining istiqbolli yönalişlari sifatida texnologik metallarni çuqur qayta işlaş va yakuniy mahsulotlar işlab çiqarişni (downstream) rivojlantiriş, qöşma ilmiy-tadqiqot markazlarini (R&D markazlari) taşkil etiş, şuningdek, ilm-fan, sanoat va texnologik tadbirkorlik örtasidagi hamkorlikni yölga qöyiş böyiça Isroil tajribasini hisobga olgan holda startaplar konsorsiumini şakllantirişni alohida taʼkidladi.
Iştirokçilar volfram va molibden klasterlarini rivojlantiriş, xomaşyoni çuqur qayta işlaş texnologiyalarini takomillaştiriş, yangi materiallar va qotişmalar oliş masalalarini muhokama qildilar.
Korxonalar bilan hamkorlikdagi işlarga yettita ixtisoslaşgan ilmiy va taʼlim muassasasi jalb etilgan. Işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, mahsulot tannarxini pasaytiriş va yangi turdagi mahsulotlar işlab çiqarişni özlaştiriş asosiy vazifalar etib belgilangan.
Oçiq muloqot davomida iştirokçilar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlariga korxonalar buyurtmalarini şakllantiriş va joylaştiriş, loyihalarni moliyalaştiriş hamda ilmiy-texnologik yeçimlarni davlat xaridlari orqali sotib oliş mexanizmlarini körib çiqdilar.
Intellektual mulk masalalari, ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etiş hamda ilmiy jamoalar va sanoat korxonalari örtasidagi hamkorlikka tösqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etişga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunlari böyiça muhim minerallar sohasida ilmiy-sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, ilmiy işlanmalarni işlab çiqarişga joriy etiş hamda davlat xaridlari masalalari böyiça öquv seminarlari va treninglar ötkaziş yuzasidan dastlabki kelişuvlarga erişildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bölimi
Izoh qoldiriş