O‘zbekistonda Renault avtomobillarining narxlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda Renault avtomobillarining narxlari e’lon qilindi

Renault O‘zbekiston avtomobil bozoriga kirib kelmoqda. Brend Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlarida o‘zini oqlagan bir qancha modellarni taqdim etadi. Birinchi mashinalar mana shu noyabr oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Dilerlar tarmog‘ining rivojlanishi bozor talablariga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Renault savdo va servis masalasida Toshkentda ikkita dilerlik markazida tashkil etadi.

Renault veb-saytida O‘zbekistonda chiqariladigan uchta markasi bo‘yicha narxlar ko‘rsatilgan:

  • Kaptur — 221 115 600 so‘mdan;
  • Duster — 225 108 500 so‘mdan.
  • Arkana — 230 879 300 so‘mdan.

O‘tgan yilning oxirida O‘zbekistonda Renault Group yig‘ish zavodi tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. Keyin loyiha quvvati Lada bilan birgalikda yiliga 100 ming avtomobilni tashkil qilinishi ma’lum qilindi. Loyiha 60,9 million dollarga baholangan, shundan 33,3 million dollarini 2021 yilda sarflash rejalashtirilgan.

Biroq, narxlar hali yana o‘zgarishi mumkin. Yakuniy narxlar ro‘yxati kelgusi hafta e’lon qilinadi.

Mahalliy hamkor Roodell bo‘lib, u allaqachon O‘zbekistonda Lada va Kia sotmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar