O‘zbekistonda Lada va Renault avtomashinalarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Lada va Renault avtomashinalarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi

“Avtovaz” 12 oy ichida O‘zbekistonda Lada va Renault rusumli avtomobillarni yig‘ishni boshlaydi.

Bu haqda TASS agentligi kompaniya ma’lumotlariga asoslanib Spot xabar berdi.

“Bozorda rivojlanishning yana bir muhim tomonlaridan biri - bu mintaqaviy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirishdir. Bizda shunday imkoniyat mavjud. O‘zbekistonda avtomobil komponentlarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yamiz. Dastlab bu Lada rusumli, keyinchalik esa Renault avtomobillari bo‘ladi. Loyiha 12 oy ichida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. UzAuto’ ning ishtiroki sabab bizning kompaniya bozorda katta o‘rinni egallay olmaydi”, deya fikr bildirdi “Avtovaz” kompaniyasi prezidenti Nikolay Mor.

Kompaniyaning yillik quvvati 100 ming dona deya baholanmoqda. Investitsiyaning umumiy qiymati 60,9 million dollarga teng. Loyiha Koreyaning Korea Eximbank tomonidan moliyalashtiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar