Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi

Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi

2021 yil 26 avgust kuni “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, eksperimental innovatsion tadqiqotlar doirasida Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi.

Maxsus rejim Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (IT-park) alohida bo‘g‘ini bo‘lib, uning ishtirokchilari IT-park rezidentlari hisoblanadi va ular o‘z faoliyatini eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiradi.

Qarorga ko‘ra, maxsus rejim talabgorlari uchun tajriba-sinov loyihalari doirasida faoliyatga ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni tezlashtirilgan va soddalashtirilgan holda olish tizimi joriy qilinadi. Bunda:

- arizalar 5 ish kuni ichida tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi;
- ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati vakolatli davlat organi tomonidan qisqartiriladi;
- tegishli hujjatlarni olish uchun belgilangan to‘lov miqdorlari 2 baravarga kamaytiriladi.

Maxsus rejim ishtirokchilariga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.

O‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ketgan xarajatlari tegishli tartibda davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.

Maxsus rejim faoliyatining muddati 5 yilni tashkil etadi.

Tajriba-sinov loyihalari 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar