2022 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyati iqtisodiy rivojlanining asosiy ko‘rsatkichlari

2022 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyati iqtisodiy rivojlanining asosiy ko‘rsatkichlari

2022 yil 1-chorak yakunlariga ko‘ra viloyat iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari yuqori o‘sish sur’atlariga erishdi.

Yil yakunlariga ko‘ra yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 4,2 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 104,7%ni, YaHM tarkibidagi qishloq, xo‘jaligi ulushi 33,0% (2021 yilning mos davriga nisbatan 2,9 punktga kam), sanoat ulushi 18,5% (+3,7), qurilish ishlari ulushi 6,7% (-0,8), xizmatlar ulushi 41,8% (o‘zgarishsiz), tashkil etdi.

Ayrim sohalarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari 195,5% (1-o‘rin), chakana savdo aylanmasi 122,0% (1-o‘rin), xizmatlar 116,5% (4-o‘rin) ni tashkil etdi.

Viloyat jon boshiga ayrim iqtisodiy ko‘rsatkichlarda respublikada yuqori o‘rinlarda. Jumladan, aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda (1586,6 ming.so‘m) 2-o‘rin, chakana savda aylanmasida (1678,4 ming so‘m) 5-o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalarda (1246,8 ming.so‘m) 6-o‘rin, YaHM hajmida (2879,5 ming.so‘m)da 7-o‘rinda.

O‘sish sur’atlari va aholi jon boshiga ko‘rsatkichlar yuqoriligiga qaramasdan viloyatning respublika iqtisodiyotidagi ulushi pastligicha qolmoqda.

Jumladan, YaIM (2,6%), sanoat (2,0%), xizmat (2,4%), qurilish ishlarida (2,6%) sohalarida 13-o‘rin, eksportda (0,9%) 14-o‘rin.

Ulug‘bek Xo‘jaqulov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar