Toshkentda avtomobil sanoatida qo‘llaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda avtomobil sanoatida qo‘llaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyul kuni videokonferensaloqa orqali neft-gaz kimyosi, elektr texnikasi va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar taqdimoti hamda ushbu tarmoqlarni rivojlantirish ishlari bo‘yicha hisobotlar bilan tanishdi.

Mutasaddilar neft va gaz kimyosi tarmog‘idagi yangi loyihalar bo‘yicha ma’lumot berishdi.

«O‘zkimyosanoat» boshqaruvi raisi Jo‘rabek Mirzamaxmudov mazkur yig‘ilishdan olgan xulosalari va kelgusidagi rejalar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

– Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda har bir vazirlik va tashkilotga nima ish qilishi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan hamkorlik borasida aniq vazifalar belgilab berildi. Unda loyihalarni o‘z muddatida bajarish, bunda ularning sifatiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bozorini o‘ylash va raqobatbardoshliligini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerakligi qayd etildi.

Bunda esa nafaqat yirik, balki kichik bo‘lsada samarasi yuqori bo‘lgan loyihalar ham muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent shahrida avtomobil sanoatida keng qo‘llaniladigan ko‘pikli polipropilen ishlab chiqarish. Hozirda import qilinayotgan ushbu mahsulotni 2-3 barobar yuqori bo‘lgan turini va keyinchalik avtokompanetlar hamda sanoatda ishlatiladigan issiqlikni saqlovchi izolatsiya vositalari tayyorlash ko‘zda tutilgan.

“Navoiyazot”da metallalomni qayta ishlash orqali karbamid formalina konstrantlar ishlab chiqarish. Bu loyihani amalga oshirishda Avstriyani yirik kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etildi. Hozirda qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, keyingi yilning birinchi choragida korxona ishga tushadi. Bu kabi loyiha va hamkorlarni ko‘paytirish alohida e’tiborda.

O‘tgan yili dekabrda “Navoiyazot” negizida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirilgan bo‘lsa, uning samaradorligidan kelib chiqib ikkinchi bosqichini ham amalga oshirish borasida topshiriq oldik. Uni jadallashtirishda sifatiga alohida e’tibor bergan holda xitoylik hamkorlar bilan yil yakuniga qadar loyiha hujjatlarini yakunlab, qurilishni boshlaymiz.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar