Uch viloyat sarhisobi

ANDIJON VILOYaTIDA

“Qizil hudud”ga kiritilgan mahallalar holatini yaxshilash maqsadida 2023 yilda dasturlarga tushmagan ichki tuproq yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish maqsadida viloyatning 12 ta mahallalarida 80,4 km yo‘llar tanlab olinib, to‘liq shag‘allashtirildi. Ichki yo‘llarning jami 289,8 km qismi ta’mirlandi.

Aholiga 6 247,3 tonna qo‘shimcha suyultrilgan gaz yetkazib berildi. 16,4 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 3 ta tik quduq (skvajina) qayta tozalandi, 1 dona suv minoralari o‘rnatildi, 52 ta suv nasoslari ta’mirlanib qayta o‘rnatildi, 12 ta suv nasoslari yangilandi. 120 ta yangi elektr ustunlar o‘rnatildi, 176 ta transformator mukammal ta’mirlandi, 388,7 km elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlandi va 29,9 km yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan may oyida 1 140 nafar fuqaroga 49 429,2 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi;

Ayollar daftari” dagi 10 604 nafar xotin-qizlarga 6 036,6 mln. so‘m, “Yoshlar daftari” dagi 1 577 nafar fuqaroga 2 413,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

Viloyatda o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar davomida 230 287 nafar fuqarolar qamrab olindi, 81 698 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlanib, 1 768 nafari (viloyat, shahar, tuman miqiyosidagi) shifoxonalarga yotqizildi. 131 nafar ehtiyojmand fuqarolarga jami 147,7 mln. so‘mlik reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi.

XORAZM VILOYaTIDA

Fuqarolar murojaatlarida uy-joy, ko‘chmas mulk buzilishi evaziga kompensatsiya to‘lab berilmagani yuzasidan muammo o‘rganilib, 42 nafar fuqaroga 9,1 mlrd. so‘mlik kompensatsiya pullari to‘lab berilishi bo‘yicha Xorazm viloyati hokimining farmoyishi qabul qilindi.

Aholi roziligini ta’minlash maqsadida qisqa vaqt ichida barcha kuch va vositalarni jalb etgan holda ichki yo‘llarni shag‘allashtirish bo‘yicha ishlar tashkil etildi. Respublika va mahalliy byudjetdan 4 mlrd. so‘m mablag‘ jalb etilib, mas’ul tashkilotlar ishtirokida viloyat Shtabi tuzildi va jami 100 km ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari boshlandi. Shundan jami 18,8 km qismi ta’mirlandi.

Aholiga 309,6 tonna qo‘shimcha suyultrilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 93 ta temir beton tayanchlar, 2 ta transformator o‘rnatildi, 1,0 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 0,5 km tarmoq tortildi, 0,2 km oqova suv quvuri almashtirildi va 1 ta transfarmator, 2 ta zulfin yangidan o‘rnatildi, 2 ta nasos ta’mirlandi. 9 ta tuman (shahar)dagi 40 ta ko‘p qavatli uylarda ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Hududlarda o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 34 304 nafar fuqarolar qamrab olindi, 10 420 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan bo‘lib, 785 nafari shifoxonalarga yotqizildi. Yuqori texnologik operatsiyalarga muxtoj 9 nafar bemorga Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida davolanish uchun order berildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 1 438 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga 57,5 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 608 nafar fuqaroga 15,6 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 106 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 416,7 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan “Temir daftar” ro‘yxatidagi 67 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 325,9 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 485 nafar xotin-qizlarga 433,2 mln. so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 163 nafar fuqarolarga 506,4 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

TOShKENT VILOYaTIDA

Jami 30,4 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 3,8 km ichki xo‘jalik yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi. Aholiga 94,4 tonna qo‘shimcha suyultrilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 220 ta temir beton tayanchlar yangilandi hamda 21,5 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 2 150 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Bekobod shahri, Chinoz, Quyi Chirchiq hamda Toshkent tumanlarida maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ushbu ko‘rik davomida 883 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlangan. Tibbiy ko‘riklarda kasallik aniqlangan 841 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 42 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan muassasalari mutaxassislari tomonidan 20 nafar bemorlarga yuqori texnologik operatsiyalari o‘tkazildi va iyun oyining oxiriga qadar yana 72 nafar bemorga operatsiya rejalashtirildi. Viloyatda 66 nafar ehtiyojmand fuqarolarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi.

Tijorat banklari tomonidan 2 378 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga 180 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 633 nafar fuqaroga 15,5 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar, uy-joy sotib olish uchun 91 nafar fuqaroga 15 mlrd. so‘m kredit hamda ta’lim krediti yo‘nalishida 6 nafar fuqaroga 45 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, viloyatda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida hokim yordamchilari tomonidan 580 nafar fuqaroga jami 14,6 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratish uchun tavsiyanoma berilib, kredit ajratib berildi. Bundan tashqari, “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘arma”si mablag‘lari hisobidan 67 nafar fuqaroga jami 271,2 mln. so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari hisobidan tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama tahlil qilish va hal etish maqsadida aniq moliyalashtirish manbalari, ijro muddatlari va mas’ul ijrochilar belgilangan holda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

Keyingi bosqichda Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent shahri, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida davom ettiradi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar