UzAuto Motors Lacetti’ning yangi Redline modelini ishlab chiqaradi (+foto)

UzAuto Motors Lacetti’ning yangi Redline modelini ishlab chiqaradi (+foto)
Foto: Daryo.uz

UzAuto Motors Lacetti’ning yangi Redline modelini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya bo‘limi boshlig‘i Maqsud Abduhakimov «Daryo»ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Loyihalarni boshqarish bo‘limi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, Lacetti Redline diskalari qoraytirilgan holda chiqariladi. Oynalarning tusi ham o‘zgartirilgan («tonirovka») bo‘ladi.

Mashina intererida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. Chexol zavoddan qo‘yiladi. Interer ranglari ham qora va qizil (Redline) aralashmasida bo‘ladi.

Shuningdek, avtomobil zavod tomonidan kamera bilan jihozlangan. Orqaga harakatlanish vaqtida orqa kamera yoqiladi. Bar ham oldinroqqa chiqarilgan. Faralar ham yangicha uslubda ishlangan.

UzAuto Motors direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning aytishicha, ushbu xizmatlar uchun qo‘shimcha haq olinadi. Hozircha ushbu xizmatlarning qiymati aniq emas. Modellarni ishlab chiqarish 6 oydan so‘ng (avgustda) yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Chevrolet Onix 9-12 ming dollar atrofida sotilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar