17.01.2022 yildagi Prezidentning “Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra ayrim aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari birja orqali sotiladi.
UzAuto Motors kompaniyasining 100 foiz aksiyasi «Toshkent» respublika fond birjasida IPO`ga chiqariladi.
Qarorga muqofiq, yana bir qator aksiyadorlik jamiyatlari, shu jumladan, UzAuto Motors Powetrain, O‘zbekgeofizika, O‘ztemiryo‘lkonteyner, Dori-darmon, O‘zbekiston pochtasi, Universal Sug‘urta va Alskom kompaniyalari aksiyalari sotuvga qo‘yiladi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha:
- O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
- norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha dividendlari uchun foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
- rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Izoh qoldirish