2021 yilning 28 martidan “Uzbekistan Airways” AJ o‘zining O‘zbekiston-Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish yo‘nalishlaridan tashqari barcha yo‘nalishlarda piece concept (bagajlar soniga ko‘ra) tartibi bo‘yicha olib o‘tiladigan bagaj me’yorlarini kiritmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Shunga ko‘ra, piece concept olib o‘tiladigan bagaj me’yorlari amal qiladi:
- Xizmat ko‘rsatishning biznes klassi - uch o‘lchov summasi bo‘yicha 32 kgdan oshmagan va gabariti 158 sm dan oshmagan og‘irlikdagi 1 ro‘yxatga olingan bagaj, (INF) o‘rni berilmagan chaqaloq uchun uch o‘lchov summasi bo‘yicha 10 kgdan oshmagan va gabariti 115 smdan oshmagan 1 ro‘yxatga olingan bagaj;
- Xizmat ko‘rsatishning ekonom klassi - uch o‘lchov summasi bo‘yicha 23 kgdan oshmagan va gabariti 158 sm dan oshmagan og‘irlikdagi 1 ro‘yxatga olingan bagaj, (INF) o‘rni berilmagan chaqaloq uchun uch o‘lchov summasi bo‘yicha 10 kgdan oshmagan va gabariti 115 smdan oshmagan 1 ro‘yxatga olingan bagaj;
- Ekonom klassi uchun qo‘l yuki - 1 bagaj uchun 8 kg, biznes klassi uchun – 1 bagaj uchun 10 kg. Qo‘l yuki o‘lchami uch o‘lchov summasi bo‘yicha 115 smdan oshmasligi lozim.
Istisno holatlar:
- O‘zbekiston – Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagaj me’yori “Weight Concept” tartibi bo‘yicha amal qiladi. Shu bilan birga Istanbul/Dubay/Sharjaga/dan bo‘lgan o‘tuvchi xalqaro yo‘nalishlarda olib o‘tiladigan bagaj me’yori PC bo‘yicha qo‘llaniladi (istisno O‘zbekistonning shaharlariga/dan – Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish o‘tuvchi yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagaj me’yori “Weight Concept” tartibi bo‘yicha qo‘llaniladi);
- Nyu-York va Pekin uchun olib o‘tiladigan bagaj me’yori o‘zgarishlarsiz qoladi (istisno Toshkent - Nyu-York va orqaga qaytish yo‘nalishida 2021 yil 28 martdan sotuv uchun qaytarilmaslik sharti bilan ekonom klassi tariflari bo‘yicha 23 kgdan ortiq bo‘lmagan 1PC olib o‘tiladigan bagaj me’yori belgilanadi).
"Chiptani sotib olishda albatta tariflarni qo‘llash shartlari va qoidalari bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish