So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi

So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi

Mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning “Novobod” MFY hududidan ja’mi 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, uchish va qo‘nish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi.

Loyiha qiymati 12 mlrd so‘mdan iborat. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: Prezidentning «So‘x tumanini 2020–2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida So‘x tumanida aerodrom qurish vazifasi topshirilgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar