Sirdaryo viloyatining 2022 yil 1-yarim yillik uchun tashqi savdo aylanmasi

Sirdaryo viloyatining 2022 yil 1-yarim yillik uchun tashqi savdo aylanmasi

2022 yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 411,4 mln. dollar bo‘lib, shundan 69 foiz – 260,9 mln. dollar import va 31 foiz – 117,9 mln. dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida - 127,1 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 115,6 mln. dollar Qozog‘iston bilan bo‘lib, 11,5 mln.dollar eksport va 104,1 mln.doll. importni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (71,3 mln.doll.), Rossiya (50,1 mln.doll.) va Afg‘oniston (45,4 mln.doll.) davlatlari turadi.

2022 yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha hududda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 55,9 mln dollar, sanoat mahsulotlari eksporti 54,9 mln. dollar, har xil tayyor mahsulotlar 11,4 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 7,2 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 6,7 mln.dollarni tashkil etdi.

Ushbu davrda oziq-ovqat mahsulotlari 89,3 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 54,1 mln. dollar, mashina va transport uskunalari importi 78,3 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari 25,7 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 13,5 mln. dollar, ni tashkil etdi.

Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 27 foizi Sirdaryo tumani, 20,8 foizi Yangiyer shahri, 17,1 foizi Sayxunobod tumani va 8 foizi Guliston shahridan amalga oshirildi.

Importning 41,2 foizi Sirdaryo tumaniga va 20,3 foizi Yangiyer shahriga to‘g‘ri keladi.

Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar