Xalq roziligi yo‘lida

Xalq roziligi yo‘lida

Ishchi guruhining sektorlar kesimida xonadonbay o‘rganishlar natijasida ikki tumanda jami 139 ta mahalla 95 mingga yaqin xonadon, 867 ijtimoiy soha ob’yektlari o‘rganilib, 29 mingdan ziyod muammoli masalalar aniqlandi. Ularning o‘rtacha 54 foiziga tezkorlik bilan joyida yechimi topildi.

O‘rganishlar davomida alohida e’tibor ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan ko‘makka muxtoj aholi qatlami muammalariga qaratildi. Jumladan, 116 nafar “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlarga o‘z tadbirkorligini boshlash va rivojlantirish uchun bepul uskuna va jihozlar berildi, 79 nafar yoshlarga kontrakt to‘lovi uchun 158 mln. so‘m mablag‘ ajratildi, 83 nafar yoshga 1 mln. so‘mdan moddiy yordam berildi, 233 fuqaroning bandligi ta’minlandi hamda 18 ta og‘ir ahvoldagi oilalarning xonadonlari ta’mirlab berildi.

Aholi sog‘lig‘i muhofazasi ham Respublika ishchi guruhining e’tibor markazida bo‘ldi. Xususan, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan 84 nafar fuqaroga moddiy amaliy yordam ko‘rsatildi, 56 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi, 17 nafar fuqaroga nogironlik guruhlari belgilandi, 84 nafar fuqaroga amaliyot va davolanish uchun yo‘llanmalar berildi, shifoxonalarga yotkizildi.

Aholi yashash manzillarida ijtimoiy infratuzilmaning holatini yaxshilash borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. “Qiyat-Sartol”, “Qum”, “Nurafshon”, “Dala-Hamid Olimjon” kabi 26 ta mahallada 30 km.ga yaqin ichki yo‘llar ta’mirlandi. Shundan, 26,5 km tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi, 3 km yo‘lga asfalt yotqizildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida “Toshtepa”, “Olaqanot”, “Tuvadoq”, “Kujgan”, “Baxrin”, “Markayuz”, “Ulugbek”, “Ko‘rkam” kabi mahallalarda 10 km.dan ziyod sip-kabellar tarmog‘i tortilib, 342 dona temir-beton ustunlar, 11 ta yangi transformator o‘rnatildi.

Tadbir boshidan 9 ta – “Do‘stlik”, “Fayzobod”, “Yakkatut”, “Qum”, “Obod”, “Ganbay” kabi mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 3 ta yangi suv nasosi, 2 ta suv minorasi o‘rnatildi, 143 ta xonadon suv tarmog‘iga ulandi.

Aholi talabidan kelib chiqib, 17 mingdan ziyod gaz balloni almashtirilib, 353 tonna suyultirilgan gaz xonadonlarga yetkazildi.

Ishlar davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar