Respublika Ishchi guruhi tomonidan ushbu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish hamda «Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla» mezonlarini joylarda joriy etish hamda aholi bilan muloqot o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.
Murojaatlar asosida aniqlangan kamchiliklarni bartarafa etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Navoiy viloyati og‘ir hududlari qatoriga kiritilgan aholi yashash manzillarida ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida ichki yo‘llarning 9,9 km yo‘l ta’mirlandi. Shundan, 5,7 km yo‘l shag‘allashtirildi, 4,2 km yo‘lga asfalt yotqizildi. Elektr ta’minotida 109 ta temir beton tayanchlar, 6 ta transformator o‘rnatildi, 3,3 km tarmoq yangidan tortildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 6,5 km tarmoq tortildi, 1 ta suv inshootini ta’mirlash, 1 ta suv yig‘ish rezervuarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Viloyatdagi 38 ta ko‘p qavatli uylarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 24 ta uyning kirish yo‘laklari ta’mirlandi, 12 ta uyga temir eshiklar o‘rnatildi, 8 ta uyning tom qismini, 8 ta uyning fasad qismini ta’mirlash hamda ushbu uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Zarafshon shahri “Bahor” mahallasidagi xududlar obodonlashtirildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 1 579 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga jami 44,1 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 270 nafar fuqaroga 6,1 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.
O‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 131,5 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.
“Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan “Temir daftar” ro‘yxatidagi 22 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 41,7 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 184 nafar xotin-qizlarga 605 mln. so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi. Shundan, 124 nafar fuqarolarga 82 mln. so‘m miqdorida moddiy yordam mablag‘lari ajratildi, 60 nafar fuqarolarga uy-joy qurilishi uchun 523 mln. so‘mlik ko‘mak berildi.
Shu kabi amaliy ishlar Farg‘ona viloyatida ham olib borildi. Hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 9,15 km ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish va shag‘allashtirish ishlari bajarildi. Aholiga qo‘shimcha 590 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 174 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatish hamda 2,1 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 1 kmdan ortiq ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.
Kommunal xo‘jaligi sohasini yaxshilash borasida Farg‘ona tumani “Vodil” mahallasida oqova suv quvurlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Aholi sog‘lig‘ini saqlash masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi. Bag‘dod tumanida maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ko‘rik davomida 530 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan, tibbiy ko‘rik jarayonida 375 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi. Tibbiy ko‘riklarda kasallik aniqlangan 71 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun yo‘llanma berildi.
Kredit, subsidiya, bandlik masalasida tijorat banklari tomonidan 1 193 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga 71,7 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 437 taga 6 717,0 mln. so‘m, sanoat sohasi yo‘nalishida 6 taga 1 998,0 mln. so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasiga 38 taga 26 080,0 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Qo‘qon shahrida oila va xotin-qizlar yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, shahardagi boquvchisini yuqotgan va nogironligi bor hamda qaramog‘ida nogironligi bor farzandi bo‘lgan toifalardagi jami 331 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 436,9 mln. so‘mlik moddiy yordamlar berildi. Shuningdek, ushbu xotin-qizlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham tashkil etildi. Yoki Dang‘ara tumanidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 60 nafar ishsiz xotin-qizlarga ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinalari olib berildi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan Dang‘ara tumanidan 60 nafar ishsiz fuqoralarga mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan, o‘zini band qilish maqsadida 294,0 mln. so‘mlik subsidiya asosida tikuv mashinalari yetkazib berildi.
Ishlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish