“Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokida “O‘zbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga o‘tishni rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Loyiha doirasida YaXHA tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida o‘tkazilgan qarz muzokaralari bo‘yicha erishilgan natijalar: muzokoralar davomida YaXHA ushbu qarz mablag‘lari ikkita transhda ajratilishini ma’lum qildi:
- Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siriga qarshi kurashish uchun tezkor yordam sifatida 15,0 milliard yapon yenasi miqdoridagi mablag‘ 15 yil muddatga 4 yillik imtiyozli davr bilan ajratish uchun Jahon banki YaXHA bilan birgalikda islohotlar matritsasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirildi;
- Rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun 195,0 million AQSh dollar miqdoridagi mablag‘ 25 yil muddatga 7 yillik imtiyozli davr bilan ajratilish maqsadida YaXHA tomonidan energetika sohasida islohotlar matritsasi ishlab chiqilgan bo‘lib, Energetika vazirligi tomonidan hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan bajarilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish