Prezident hamyonbop avtomashina va elektromobillar ishlab chiqarishga ko‘rsatma berdi

Prezident hamyonbop avtomashina va elektromobillar ishlab chiqarishga ko‘rsatma berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni mashinasozlik tarmog‘ini transformatsiya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mazkur tarmoq mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi yo‘nalishlaridan bo‘lib, sanoatdagi ulushi 11 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga, hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu sohada ishlab chiqarishni bir necha barobar oshirish imkoniyati bor.

Bugungi kunda bir qator kompaniyalar O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va investitsiyalar olib kirish istagini bildirmoqda.

Shu bois davlatimiz rahbari lokalizatsiya darajasidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar uchun bir xil sharoitlar joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bunda, avtomobillarni sanoat usulida yig‘ish, yiliga 50-60 mingta hamyonbop avtomashina va elektromobillar ishlab chiqarishga investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlandi.

Joriy yilda Xorazmda kuzov detallarini tayyorlash korxonasi, Andijonda 4 ta, Navoiy viloyatida 2 ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi. Kooperatsiya platformasi doirasida 122 ta xususiy korxona ishtirokida yana 80 ta detal ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar