Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati yaqin yillarda o‘z quvvatlarini modernizatsiya qilish uchun 3 milliard dollar sarflaydi

Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati yaqin yillarda o‘z quvvatlarini modernizatsiya qilish uchun 3 milliard dollar sarflaydi

Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati (OTMK) o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va xom-ashyo bazasini kengaytirish uchun yaqin yillarda 3 milliard dollarga teng mablag‘ni yo‘naltiriladi. Bu haqida korxona matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

“2023 yilga borib ruda ishlab chiqarish hajmini amaldagi 40 million tonnadan 100 million tonnagacha, katodli mis ishlab chiqarishni 106 ming tonnadan 250 ming tonnagacha, metalli ruhni 68 mingdan 120 ming tonnagacha, affinajli oltinni 14.6 tonnadan 30 tonnagacha, affinajli kumushni esa 98.6 tonnadan 215 tonnagacha yetkazish rejalashtirilgan” , - deb ta’kidladi bugungi matbuot anjumani davomida kombinat boshqaruv raisining o‘rinbosari Azim Mirzajonov.

Uning aytishicha, “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish borasida qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi, xususan yangi boyitish fabrikasining qurilishi natijasida respublikada rangli metallar ishlab chiqish quvvatini ikki barobar oshirish, o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Mirzajonovning so‘zlariga qaraganda: “Kombinat bugunda ham ishlab chiqarishni faol rivojlantirmoqda. Joriy yilning 8 oyi davomida tovar mahsulotlari hajmi 30.99 foizga, shu jumladan katodli mis ishlab chiqarish 24.1 foizga, metalli rux 22.6 foizga, affinajli oltin 6.7 foizga, affinajli kumush 68.9 foizga oshirildi. Umuman, eksport jami 56.8 foizga yuksaldi”.

Kombinatning eng yirik loyihalaridan biri – “Yoshlik-1” konini o‘zlashtiridir. Bu yerda 2021 yilda med rudasini ilk qazib olish amalga oshirish rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda mazkur kondan yilida 23 million tonna ruda olish belgilangan edi. Ammo, keyinchalik ishlab chiqarish quvvati 3 marotaba qayta ko‘rib chiqildi. Ruda qazib olish hajmini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. 2023 yilda kondan yilida 65 million tonna, 2035 yilga borib esa yilida esa 74 million tonna ruda qazib olish ko‘rsatkichlariga erishish ko‘zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan ishchilar soni ham oshadi. Kon o‘z quvvati bilan to‘liq ishlaganida 6 ming kishi doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.

Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati O‘zbekistonda mis ishlab chiqarish bo‘yicha yagona korxona sanaladi. Unda tozalangan mis, metalli ruh, molibden, qo‘rg‘oshinli konsentrat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Kombinatda respublika bo‘yicha kumushning 90 foizi va oltinning 20 foizi ishlab chiqarilmoqda. 2018 yilning avgust oyida korxonaning davlat ulushi chet elning SFI Management Group kompaniyasiga ishonchli boshqaruv asosida topshirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar