O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2021 yilning oktyabr oyida 797,1 mln. dollarga yoki 2,3 foizga o‘sdi. Bunda oltin 1 unsiyasi narxining oy boshidagi 1730,95 dollardan 1796,30 dollargacha ko‘tarilishining ta’siri 788,3 mln. dollarni tashkil qildi.
Rasmiy zaxiralarning mutlaq katta qismi (62 foizi) monetar oltin hissasiga to‘g‘ri keladi — 21,67 mlrd. dollar. Xalqaro oltin-valyuta zaxiralari tarkibida 12,1 million troy unsiya oltin mavjud.
Naqd valyuta va depozitlarning jami miqdori esa 12,42 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Ushbu zaxiraning 308,6 mln. dollari boshqa markaziy banklarda, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) hamda Xalqaro hisob-kitoblar banki (XHKB)da, qolgan 12,11 mlrd. dollari esa bosh ofisi xorijda joylashgan banklarda saqlanmoqda.
Izoh qoldirish