1 iyundan Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan to‘lab beriladi

1 iyundan Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan to‘lab beriladi

“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6186-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 iyundan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi.

Unga muvofiq:

– fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun arizalar yil davomida topshirilishi mumkin;

– subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin;

– subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali olish mumkin bo‘lgan hujjatlarni (ma’lumotlarni) talab qilish man etiladi;

– uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar, shu jumladan, xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun uy-joylar sotib olinadi (1 000 ta kvartira).

2021 yil 1 iyundan Toshkent shahrida tajriba tariqasida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 6 oy davomida oylik ijara to‘lovining 50 foizi miqdorida, biroq BHMning ikki yarim baravaridan oshmagan holda oylik pul kompensatsiyasini to‘lash tartibi joriy qilinadi.

Farmonga ko‘ra, ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, kompensatsiya, subsidiyalar va davlat tomonidan taqdim etiladigan boshqa imtiyozlarni adolatli taqsimlash hamda ulardan samarali foydalanish maqsadida “Xalqparvar” komissiyalari tashkil etiladi.

2021 yil 1 maygacha aholiga qulay shaklda ma’lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portali ishga tushiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar