Prezident farmoniga binoan 1 sentyabrdan boshlab quyidagilar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi:
- pensiyalar;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqalar;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar.
1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston hududida:
• pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m;
• yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m;
• bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;
• zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi.
2020 yilning yakuniga qadar:
➖ 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi soni 2 barobarga oshirilib, 700 mingtagacha yetkaziladi;
➖ bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi soni 330 mingdan 400 mingtaga oshiriladi;
➖ moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarning amaldagi soni 89 mingdan 100 mingtaga yetkaziladi.
To‘lash muddati 2020 yilning iyul-sentyabr oylarida tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga va bola parvarishi bilan shug‘ullanadigan onalarga nafaqa to‘lash navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegishlicha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan holatda) davom ettiriladi.
Izoh qoldirish