O‘zbekiston 2020 yilda qaysi avtomobilni ko‘p ishlab chiqargan

O‘zbekiston 2020 yilda qaysi avtomobilni ko‘p ishlab chiqargan

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2020 yil yanvar-dekabr oylari davomida avtomobil sanoatida eng ko‘p ishlab chiqarilgan mashina «Kobalt» (79 ming 908 dona), keyingi o‘rinlarda «Neksiya T-250» ( 66 ming 402 dona), «Damas» (51 ming 692 dona), «Lasetti-Jentra» (50 ming 52 dona) va «Spark» (23 ming 3 dona) qayd etilgan.

Prezident ishtirokida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda hamyonbop avtomashina va elektromobillar ishlab chiqarishga investitsiya kiritish zarurati haqida ta’kidlangan edi.

Jizzaxda Xitoyning yirik "DONG FENG" va "CHANGAN" avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikda krossover "DONG FENG" va “New Star Truck” avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Mamlakatimizda «UzAuto Motors» hamda yana yetita kompaniya tomonidan turli rusumdagi yangi avtomobillar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Prezidentning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida so‘z borgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar