2020 yilda Xalq ta’limi tizimida 200 mlrd so‘m moliyaviy qonunbuzarlik aniqlangan

2020 yilda Xalq ta’limi tizimida 200 mlrd so‘m moliyaviy qonunbuzarlik aniqlangan

AOKAdagi matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov 2020 yilda Xalq ta’limi tizimida 200 mlrd so‘m moliyaviy qonunbuzarlik aniqlangan to‘g‘risida ma’lum qildi.

2019 yilda jami aniqlangan kamchiliklar 55 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil yakuni bilan jami aniqlangan kamchiliklar, moliyaviy qonunbuzarliklar — 200 mlrd so‘mdan oshgan.

2020 yilning o‘zida 6 110 ta holatda 70 mlrd so‘mdan ziyod o‘g‘rilik aniqlandi. Yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlanganidan so‘ng, 520 ta holat bo‘yicha 150 mlrd so‘mdan ziyod materiallarni huquq-tartibot organlariga ham taqdim etilgan.

"Tizimda kamchiliklar hali ham bor. Biz o‘g‘rilikni kamaytiramiz deganimiz — statistikani kamaytiramiz degani bilan bir xil emas. O‘g‘rilikni kamaytiramiz deb kirishdikmi, statistika o‘z-o‘zidan oshib boradi", deydi Temur Komilov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar