Hisob palatasi tomonidan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari hisobidan ajratilgan mablag‘lar sarflanishi yuzasidan 2020 yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 671,3 mlrd. so‘mlik (64 mln AQSh dollari)noqonuniy xarajatlar aniqlangan.
Bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Hisob palatasining 2020 yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotda aytib o‘tildi.
Hisob palatasi tomonidan 2020 yilda 87 ta nazorat tadbirlari va tahliliy o‘rganishlar amalga oshirilgan.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari hisobidan ajratilgan mablag‘lar sarflanishi yuzasidan 2020 yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 671,3 mlrd. so‘mlik noqonuniy xarajatlar, kamomad va o‘zlashtirishlar hamda samarasiz xarajatlar, 1 trln. so‘mdan ortiq xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlari aniqlangan.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘lar sarflanishi ustidan Moliya vazirligi bilan hamkorlikda doimiy nazorat o‘rnatilib, aniqlangan 23,8 mlrd. so‘mlik ($2,3 mln.) kamomad va noqonuniy xarajatlar hamda ortiqcha moliyalashtirilgan 8,4 mlrd. so‘m ($0,8 mln.) mablag‘lar jamg‘armaga qaytarilgan.
Izoh qoldirish