2020 yilgacha Samarqandda oltita, kelgusi yilda ellikta mehmonxona o‘z faoliyatini boshlaydi

2020 yilgacha Samarqandda oltita, kelgusi yilda ellikta mehmonxona o‘z faoliyatini boshlaydi

Shu bilan birga mazkur yilda jismoniy shaxslar tomonidan 15 ta mehmon uylari tashkil etiladi. Natijada 185 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bu haqda Samarqand viloyat turzimni rivojlantirish departamenti jurnalist va blogerlar uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

- 2019-2021 yillar davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyasi orqali turizm infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirish maqsadida 74 ta loyihani qamrab olgan 1311,8 mlrd so‘mlik manzilli dastur ishlab chiqildi,-dedi Dilshod Narziqulov. – Ushbu loyihalarimiz amalga oshsa, 2828 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Tahlillarning ko‘rsatishicha, o‘tgan o‘n oy davomida Samarqandga 2 million 700 ming mahalliy va xorijiy sayyohlar kelgan.
Kelgusi yilda xorijiy turistlar sonini 500 mingga yetkazish rejalashtirilgan.

Maqolani ulashing

    Izohlar qo'shilmagan

    O'xshash yangiliklar