2021 yil O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 3,7 mlrd dollar bitimlar tuzilgan

2021 yil O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 3,7 mlrd dollar bitimlar tuzilgan

2021 yilning I yarim yillik yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 56,4% ga o‘sib, 39 450,6 mlrd so‘mni (3,71 mlrd dollar) tashkil qildi.

Bu haqda

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2020 yilning shu davriga nisbatan 53,1% oshib, 14 720,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shu jumladan, tadbirkorlar birja orqali 9 723,2 mlrd so‘mlik tovar resurslarini xarid qilib, 4 997,5 mlrd so‘mlik mahsulot sotishdi.

Birja orqali 57,6 mln AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Bu esa 2020 yilning I yarim yillik ko‘rsatkichidan 26,7% ortiq ekanligini ko‘rsatdi.

Birja savdolari orqali 34 410,5 mlrd so‘mlik tovarlar sotilib, o‘sish 55,0% ni tashkil etdi. Sotuvchi korxonalar birja savdolari davomida real bozor narxlarining shakllanishi evaziga 2 876,0 mlrd so‘mlik qo‘shimcha daromad olishdi va bu 2020 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 2,2 barobarga ko‘pdir.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida elektron davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2,5 barobarga oshib, 3 875,7 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. Bunda byudjet va korporativ buyurtmachilari mablag‘larining tejalishi 2,1 marotabaga o‘sib, 714,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Elektron tijoratning V2V modelini aks etuvchi ko‘rgazma-yarmarka savdolarining hajmi joriy yil I yarim yillikda 1 024,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auksionlar orqali 139,1 mlrd so‘mlik 70,0 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 3 barobarga, hajmi bo‘yicha – 50,6% ga o‘sdi. Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,0 mln so‘mga teng bo‘ldi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar