Birjada o‘tgan hafta davomida qaysi mahsulotlar narxi pasaydi?

Birjada o‘tgan hafta davomida qaysi mahsulotlar narxi pasaydi?

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 8-14 avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 416,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 8,1% ga kam, deb xabar bermoqda O‘zRTXB matbuot xizmati.

Bunda sotuvlarning 81,0% - birja savdolari, 18,5% - elektron davlat xaridlari, 0,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-autsioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 616,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 73,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 567 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 13,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 14,3% ikkinchi, 10,1% uchinchi, 13,4% to‘rtinchi, 14,7% beshinchi va 34,0% oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 957,7 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolariga 3 301,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi, undan 1560,0 tonnasi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 51 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 660,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 18 347,9 ming so‘mdan 16 245,5 ming so‘mgacha, ya’ni 11,4% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Un

Ko‘rib chiqilayotgan davrda o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra birjaning un bozori narx bo‘yicha pasayishni namoyon etdi. Hafta davomida birja savdolariga 55 370,0 tonna un qo‘yildi va uning 26 623,0 tonnasi, ya’ni 48,1% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 1 836 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 888,4 ming so‘mdan 4 819,0 ming so‘mga pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 5 325,0 ming tonnani tashkil qildi.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 790,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Shrot

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 6 979,0 tonna shrot qo‘yildi va uning 4 704 tonnasi, ya’ni 67,4 % qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 36 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 941,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrotning kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 657,4 ming so‘mdan 3 991,9 ming so‘mgacha, ya’ni 14,3%ga pasaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar