2021 yil yakunlari bo‘yicha Namangan viloyatida xizmatlar ko‘rsatkichlari

2021 yil yakunlari bo‘yicha Namangan viloyatida xizmatlar ko‘rsatkichlari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan viloyatning 2021 yildagi xizmatlar ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

2021 yilda Namangan viloyatida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 11 786,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 21,4%ga oshgan. Viloyatning qishloq joylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 676,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 14,6%ga oshgan.

Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlarning respublika xizmatlaridagi ulushi 4,2%ni tashkil qilgan.

Viloyatda korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 5 713,6 mlrd. so‘mni tashkil etsa, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 6 073,2 mlrd. so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan.

Viloyat xizmatlari tarkibida savdo xizmatlarining ulushi- 32,54%, transport xizmatlari ulushi – 19,00%, moliya xizmatlari ulushi – 16,01%ni tashkil qilgan.

Qishloq joylarida ko‘rsatilgan xizmatlarning yuqori ulushi savdo xizmatlari(34,72%), moliya xizmatlari (20,75%) va transport xizmatlari (17,9%)da qayd etilgan. Shuningdek, qishloq joylarida ko‘rsatilgan jami xizmatlarda axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar (0,14%), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar(0,39%), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (0,76%)ning ulushi past ekanligi kuzatilgan.

Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida 2020 yilga nisbatan o‘tgan yili sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 38,2%, ta’lim sohasidagi xizmatlar 32,6%, kompyuterlar, shaxsiy foydalanish buyumlari va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 32,1%ga ortgan.

Viloyatning tumanlar kesimida 2021 yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2020 yilga nisbatan sezilarli oshgan.

Viloyat xizmatlarida Namangan shahri (viloyat xizmatlaridagi ulushi 40,25%) va Pop (6,63%) tumanining ulushi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, Norin (4,54%) va Mingbuloq(4,08%) tumanlarining ulushi past bo‘lgan.

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi viloyat bo‘yicha 4 065.4 ming so‘mni tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 18,9%ga oshgan.

Namangan shahrida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan 1.78 baravar yuqori.

Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmiga nisbatan Kosonsoy (70,13%), Chust (66,72%), Yangiqo‘rg‘on (61,76%) tumanlari ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan past.

Tuman (shahar)larda jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi

Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi xizmatlar hajmi bo‘yicha 2020 yilga nisbatan Norin (20,2%), Pop (20,0%) To‘raqo‘rg‘on(19,6%) va Mingbuloq(19,5%) tumanlarida Namangan shahri (19,5%)da yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari ta’minlangan.

Shoiraxon Nurdinova

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Namangan filiali

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar