2021 yilda Qashqadaryo viloyatining ichki savdo aylanmasi qanchaga yetdi?

2021 yilda Qashqadaryo viloyatining ichki savdo aylanmasi qanchaga yetdi?

2021 yilda viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasining umumiy qiymati 3662,8 mlrd.so‘m (2020 yilga nisbatan 106,7%)ni, chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 16320,5 mlrd so‘m (2020 yilga nisbatan 108,5 %) tashkil qilgan.

Viloyatdagi chakana savdo tovar aylanmasi hajmini tumanlar miqyosida tahlil qilsak, Qarshi shahri (4 796,7 mlrd.so‘m), Chiroqchi (1 621,7 mlrd.so‘m), Koson (1 421,7 mlrd.so‘m), Shahrisabz shahri (1281,6 mlrd.so‘m), Qamashi (1102,4mlrd.so‘m) tumanlari yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Kitob (879,7 mlrd.so‘m), Yakkabog‘ (802,1 mlrd.so‘m), Qarshi (616,7 mlrd.so‘m), Kasbi (606,9 mlrd.so‘m), Nishon (606,2 mlrd.so‘m) tumanlarida o‘rta ko‘rsatkich, G‘uzor (550,7 mlrd.so‘m), Dehqonobod (550,1 mlrd.so‘m), Mirishkor (534,4 mlrd.so‘m), Shahrisabz (520,3 mlrd.so‘m), Muborak (429,3 mlrd.so‘m) tumanlari chakana savdo tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Tumanlar kesimida 2021 yildagi chakana savdo tovar aylanmasi hajmi

Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasining viloyatda o‘rtacha qiymati 4840,1 ming so‘mni tashkil qilgan. Qarshi (17088,3 ming so‘m) va Shahrisabz (9050,6 ming so‘m) shaharlarida aholi jon boshiga hisoblangan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Koson (4 833,9 ming so‘m), Muborak (4 807,6 ming so‘m), Mirishkor (4 351,4 ming so‘m), Qamashi (3 971,3 ming so‘m), Nishon (3 851,4 ming so‘m), Chiroqchi (3 807,6 ming so‘m), Dehqonobod (3 630,9 ming so‘m), Kitob (3 272,8 ming so‘m), Kasbi (3 005,9 ming so‘m), Yakkabog‘ (2 986,4 ming so‘m), G‘uzor (2 622,5 ming so‘m), Qarshi (2 409,1 ming so‘m), Shahrisabz (2 305,2 ming so‘m) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi nisbatan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Eldor Zayniddinov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Qashqadaryo filiali Bosh ilmiy xodimi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar