2021 yilda tadbirkorlarning 540 ta loyihasiga 16,5 trln so‘m kreditlar ajratiladi

2021 yilda tadbirkorlarning 540 ta loyihasiga 16,5 trln so‘m kreditlar ajratiladi

2020 yilda korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12,9 trln so‘m kreditlar ajratildi. Bu haqda bugun AOKAda «O‘zmilliybank» AJ axborot xizmati rahbari Zebo To‘xtayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

«Jumladan, aylanma mablag‘larni to‘ldirishga — 5,3 trln so‘m, investitsion loyihalarga — 7,6 trln so‘m yo‘naltirildi. Bunda yirik investitsion loyihalarga ajratilgan jami kreditlar miqdori 6,6 trln so‘mni tashkil etdi.

Investitsiya dasturiga muvofiq, 2020 yil uchun 635,0 mln doll miqdoridagi xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish rejasi amalda 706,7 mln dollar (111,3 foizga) bajarildi.

Chetdan jalb qilinayotgan mablag‘lar manbalarini diversifikatsiya qilish va xalqaro kapital bozoridan uzoq muddatli va nisbatan arzon resurslarni jalb qilish maqsadida 2020 yilning oktyabr oyida London fond birjasida 300,0 mln dollar mikdorida yevroobligatsiyalar joylashtirildi.

Joriy yil natijalari bilan «O‘zmilliybank»ning umumiy aktivlari hajmini 91,7 trln so‘mga va bankning kredit portfelini 77,1 trln so‘mga hamda jami yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari qoldig‘ini 17,8 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2021 yilda bank tomonidan jami 540 ta loyihaga 16,5 trln so‘m kreditlar ajratiladi».

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar