2021 yilning 9 oyida 25 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi

2021 yilning 9 oyida  25 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi

2021 yilning 9 oyi ichida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 242,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 25 171 ta yengil avtomobillar eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan.

2021 yilning 9 oyida xorijiy davlatlardan 18 150 ta yengil avtomobil import qilingan edi.

2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

- Qozog‘iston – 24 137 ta
- Ukraina – 448 ta
- Rossiya – 320 ta
- Afg‘oniston – 128 ta
- Tojikiston – 64 ta
- Ozarbayjon – 37 ta
- Qirg‘iz R. – 30 ta

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar