2022 yilning birinchi yarim yilligida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 6 827,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos oylariga nisbatan 16%ga oshgan. Qishloq joylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 451,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos oylariga nisbatan 4,9 %ga oshgan.
Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlarning respublika xizmatlaridagi ulushi 4,3%ni tashkil qilgan.
Namangan viloyatida ko‘rsatilgan xizmatlarda tuman(shahar)lar ulushi
Viloyat xizmatlari tarkibida eng yuqori ulushlari savdo xizmatlari ulushi 33,8%, transport xizmatlari ulushi 17,1% va moliyaviy xizmatlar ulushi 16,6%. Shuningdek, me’morchilik, muhandislik izlanishlari xizmatlari (1,1%), ijara xizmatlari (2,0%)ning ulushlari past ekanligi kuzatilgan.
Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida 2021 yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish qayd etilgan sohalar: moliyaviy xizmatlar (24,6%), aloqa va axborotlashtrish xizmatlari (23,3%), yashash va umumiy ovqatlanish xizmatlari (21,3%).
Viloyatda ko‘rsatilgan xizmatlarning yirik korxonalarga to‘g‘ri keladigan ulushi 33,3% (2 273,6 mlrd. so‘m), kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 18,2% (1 240,4 mlrd. so‘m) va norasmiy sektorlarning ulushi 48,6% (3 313,7 mlrd. so‘m)ni tashkil etgan.
Viloyat xizmatlarida Namangan shahri (viloyat xizmatlaridagi ulushi 41,1%) va Chust (6,8%) tumanining ulushi yuqori bo‘lsa, Norin (4,4%) va Mingbuloq (3,7%) tumanlarining ulushi past bo‘lgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi viloyat bo‘yicha 2 318,3 ming so‘mni tashkil qilgan holda, 2021 yilga nisbatan 13,5%ga oshgan.
Namangan shahrida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan 1,82 baravar yuqori.
Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmiga nisbatan Kosonsoy (68,7%) va Yangiqo‘rg‘on (65,1%) tumanlari ko‘rsatkichi viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan past deb topildi.
Tuman (shahar)larda jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi
Izoh qoldirish