2022 yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha Xorazm viloyatida sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

2022 yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha Xorazm viloyatida sanoat ko‘rsatkichlari tahlili

2022 yil I yarim yillikda Xorazm viloyatida 8 333,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atilari 115,4 foizga oshgan, respublikadagi ulishi 3,3%ni (10-o‘rin) tashkil etdi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 4,3 mln.so‘mni (8-o‘rin), o‘sish sur’atlari 101,3%ni tashkil etdi.

Urganch shahri (8,6 mln.so‘m) va Tuproqqal’a (79,8 mln.so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Xiva (0,8 mln.so‘m), Xazorasp (0,9 mln.so‘m) tumanlari va Xiva (1,1 mln.so‘m) shahri eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 15,7%ni tashkil etdi va 2021 yil I yarim yillikga nisbatan 2,7 punktga o‘sgan.

Sanoat mahsulotlarining 15,6%i (2021 yilda 21,9%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari tarkibida ishlab chiqaridigan sanoatining ulushi – 96,7%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi - 2,7%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,6%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 0,02%ni tashkil qilgan.

Ishlab chiqarish sanoatining tarkibida avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish ulushi - 40,8%, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 22,7%, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 20,9% va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlar ulushi – 15,7% ni tashkil etgan.

Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 4 499 taga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 16,8%ni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 110 ta loyiha bo‘yicha 494,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 4,4 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.

Saliy Ilyasov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar