2022 yil III chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 986,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atilari 101,0 foizga oshgan, respublikadagi ulishi 3,3%ni (10-o‘rin) tashkil etadi.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 6,6 mln.so‘mni (8-o‘rin), o‘sish sur’atlari 99,6%ni tashkil etdi.
Nukus.sh (21,8 mln.so‘m) va Taxiatosh (21,6 mln.so‘m), Taxtako‘pir (5,6 mln.so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Bo‘zatov (0,9 mln.so‘m), Xo‘jayli (1,5 mln.so‘m) va Chimboy (1,7 mln.so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Nukus shahri (Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmining 55,7 %), Taxiatosh (12,6 %), Qo‘ng‘irot (4,8 %), To‘rtko‘l (3,7 %), Amudaryo (3,3 %) va Beruniy (3,0 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 26,6%ni tashkil etdi va 2021 yil III chorakga nisbatan 0,5 punktga kamaydi.
Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 2 568,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 19,8% (2021 yilda 21,1%)ni tashkil etdi.
Shuningdek, sanoat mahsulotlari tarkibida ishlab chiqariladigan sanoatning ulushi – 86,5%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi -12,0%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,7%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 0,8%ni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarish sanoatining tarkibida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 61,6%, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 14,2%, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 14,9% va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlar ulushi – 9,3%ni tashkil etgan.
Shuningdek, ishlab chiqaradigan sanoatda paxta chigiti (111,7%) hamda sement (113,2%) ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan bo‘lsa, aroq (90,8%), o‘simlik yog‘i (41,7%), yumshoq bo‘g‘doy va spelta uni (93,2%) ishlab chiqarish hajmlarida kamayish kuzatilgan.
Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 259,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 112,2 %ni, uning jami sanoatdagi ulushi 17,4%ni tashkil etdi.
Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 700 taga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 13,6%ni tashkil etdi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 44 ta loyiha bo‘yicha 488,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 10,8 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.
Izoh qoldirish