Xorazm viloyatida 2023 yilnng yanvar-mart oylarida 4 856,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 102,8 foizni, respublikadagi ulushi esa 3,7%ni (9 o‘rin) tashkil etdi.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining hajmi 2,5 mln. so‘mga (8-o‘rin), o‘sish suratlari esa 101,0%ga yetgan.
Jumladan, aholi jon boshiga eng yuqori sanoat mahsulotlari To‘proqqal’a (40,8 mln. so‘m) tumani va Urganch shahri (5,0 mln. so‘m) va Yangiariq (1,8 mln. so‘m) tumanida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, Bog‘ot (0,5 mln. so‘m), Xazorasp (0,6 mln. so‘m) tumanlari va Xiva (0,7 mln. so‘m) shahrida eng past ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Viloyatning sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Tuproqqal’a tumani (viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmining 48,8%), Urganch (15,5%) shahri, Xonqa (5,1%), Shovot (4,7%), Urganch (4,5%), Yangiariq (4,4%) va Gurlan (3,3%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 19,0%ni tashkil etdi va 2022 yil I chorakka nisbatan 1,6 punktga ortdi.
Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 892,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 18,4%ni tashkil etdi.
Shuningdek, sanoat mahsulotlari tarkibida ishlab chiqaridigan sanoatining ulushi – 95,4%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi - 4,06%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,57%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 0,02%ni tashkil qilgan.
Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi – 37,9% (2022 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 101,9%), metallurgiya sanoatining ulushi – 0,2% (2022 yilning yanvar-mart oyilarga nisbatan fizik hajm indeksi 124,9%), to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 24,8% (2022 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 95,7%), oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 29,3% (2022 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 101,6%), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 0,7% (2022 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 157,9%)ni, yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to‘qish uchun materiallardan buyumlar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi – 1,6% (2022 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 122,3%)ni tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 6,8 ming tonna kalava ip (2022 yilning mos davriga nisbatan 13,5%ga kamaygan), 2,3 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i (46,0%ga kamaygan), 55,6 ming tonna paxta chigiti (6,8%ga oshgan), 34,0 ming tonna paxta tolasi (143,2%) ishlab chiqarilgan.
Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 769,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022 yilning mos davriga nisbatan 112,4%ni, uning jami sanoatdagi ulushi 57,0%ni tashkil etdi.
Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 4 092 taga (shundan 4 060 tasi kichik biznes sub’yektlari) yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 16,2%ni tashkil etdi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida kiritilgan 99 ta loyiha bo‘yicha 258,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 1,7 mln AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.
Izoh qoldirish