2023 yil yanvar-dekabr oylarida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 21,5 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 105,9% ni tashkil etdi.
YaHM tarkibida eng yuqori ulush qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga to‘g‘ri kelib - 39,2%, o‘tgan yilga nisbatan 1,3 foiz punktga kamaydi.
YaHMda sanot ulushi 26,4% (+1,8), qurilish ishlari 7,7% va xizmatlar ulushi 26,7% (-0,5), tashkil etdi.
Ayrim sohalarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, qishloq xo‘jaligida 6,4% (1-o‘rin), YaHM da 5,9% (2-o‘rin), iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 9,2% (2-o‘rin) va qurilish ishlarida 7,9% (3-o‘rin) o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalarda (15 349 ming.so‘m) 3-o‘rin, ekportda ($303) 6-o‘rin, qishloq xo‘jaligida (14 675 ming.so‘m) 4-o‘rinda.
Viloyatda hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori 3 629 ming so‘mni tashkil etdi. (Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 922 ming so‘mga kam, 8-o‘rin).
Hisobot yilida 2203 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etilib, ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlari soni 17 960 tani (2022 yil mos davriga nisbatan 110,8%) tashkil etdi. Ularning 62,4% yoki 11 217 tasi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kichik biznes sub’yektlarining YaHM dagi ulushi 63,6%, sanoatda 31,3%, qishloq xo‘jaligida 90,8%, qurilishda 76,2%, chakana savdoda 93,4% ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish