Eng yuqori o‘sish sur’atlari Sardoba (110,1%) tumani, Shirin (109,8%) va Yangiyer (108,1%) shaharlarida qayd etildi
Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 64 foizi Shirin shahri (44%) va Sirdaryo (20%) tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.
YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 26,4% ni tashkil etib, 2022 yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 0,8 punktga oshgan.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 16 779,6 ming so‘mni (5-o‘rin), o‘sish sur’atlari 105,0% ni (2-o‘rin) tashkil etdi.
Shirin (347 615,6 ming so‘m), Yangiyer (22 863,4 ming so‘m) shaharlari va Sirdaryo (22 826,8 ming so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Xovos (2 957 ming so‘m) va Sardoba (4 371,3 ming so‘m) tumanlarida eng pastki ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Jami sanoat mahsulotlarining 57% qayta ishlash sanoati, 42% elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tog‘-kon sanoati ulushi - 0,6%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,4% ni tashkil etdi.
Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (30%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (28%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.
Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 539 taga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 11,5%ni tashkil etdi.
Xujakulov Ulug‘bek Suvonkulovich
Izoh qoldirish