2024 yil yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar hajmi 1 677,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2023 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 5,6 foizga oshgan.
2024 yil yanvar-mart oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 34,2 foizni tashkil etgan.
2024 yil yanvar-mart oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush moliyaviy xizmatlar (33,6%), savdo (23,3%) va transport (13,7%) xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni boshqa xizmatlar (6,3%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,8%), ta’lim xizmatlari (3,1%), yashash va ovqatlanish (2,8%), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (2,5%), kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash (2,3%), sog‘liqni saqlash (2,3%), shaxsiy xizmatlar (2,0%), ijara xizmatlari (1,7%) me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar (0,8%) egallagan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2023 yilning shu davriga nisbatan 2024 yil yanvar-mart oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Moliyaviy xizmatlar 18,6%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 16,2%, transport 16,2%, boshqa xizmatlar 14,3%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 13,7%, ijara xizmatlari 12,4%, yashash va ovqatlanish xizmatlari 8,4%, ta’lim xizmatlari 7,7%, savdo xizmatlari 7,5%, sog‘liqni saqlash 7,1%, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash 7%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 6,4%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 5%ga oshgan.
2024 yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 43,6% Guliston shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sirdaryo (13,1%), Boyovut (8,7%) tumanlari va Yangiyer shahri (7,3%) hissasiga, eng kichik ulushlar esa Shirin (1,4%), Oqoltin (3,3%) va Sardoba (3,9%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.
2024 yilning yanvar-mart oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Yangiyer sh. (117,3%), Shirin sh. (115,2%), va Mirzaobod (114,7%) tumanida kuzatilgan.
Elyor Pulatov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish