2025 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi dinamikasi va asosiy tendensiyalar

2025 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi dinamikasi va asosiy tendensiyalar

Ma’lumot uchun: Ho‘jalik yurituvchi sub’yektlar faolligi 4 ta komponent, ya’ni banklararo to‘lov operatsiyalari (mablag‘lar aylanish tezligi), tovar-xom ashyo birjasidagi faollik (Respublika tovar-xom ashyo birjasida asosiy 34 turdagi tovarlar savdosining hajmi), faoliyat ko‘rsatayotgan sub’yektlar soni dinamikasi, yangi turdagi brendlarni ro‘yxatga olinishi orqali baholanadi.

Xususan, Respublika tovar-xom ashyo birjasida asosiy 34 turdagi tovarlar savdosi 2025 yilda jami 85 239,2 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan bir yil davomida 17 foizga (12 369,8 mlrd so‘mga) ortgan.

Ushbu davrda faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2026 yil 1 yanvar holatiga 9,4 foizga ortgan (453 545 tadan 496 212 taga). Bunda yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 11 foizga (3 677 tadan 4 083 taga) va kichik korxonalar 12,7 foizga (358 116 tadan 403 767 taga) ortgan bo‘lsa, fermer xo‘jaliklari 3,7 foizga (91 752 tadan 88 362 taga) kamaygan.

Tahlillarga ko‘ra, Respublikada to‘lov operatsiyalari soni 2025 yil davomida 75 742 mingtani tashkil etdi, 2024 yilga nisbatan 1 foizga kamayib (732,2 ming tranzakciyaga) mo‘’tadil darajada qolgan.

To‘lov operatsiyalari Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan memorial order hujjatlari, to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, inkassa topshiriqnomasi va akkreditivga arizalar sonining yig‘indisi bilan izohlanadi.

2025 yil davomida yuridik shaxslarning 4 629 ta yangi tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 6,4 foizga kamaygan.

Shuningdek, Ishbilarmonlik faolligi indeksi 2025 yil dekabr oyida 1067 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 6,7 foizga (grafik №1) hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 22,3 foizga sezilarli darajada ortgan (Grafik №1).

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2025 yilning dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 6,7 foizga ortib, 1067 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridagi operatsiyalar soni bo‘yicha komponent 17,9foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 1,3 foizga kamaygan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,5 foizga ortgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 26,3 foizga oshgan;.

Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2025 yil dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Qashqadaryo (59,9 %), Sirdaryo (53,6 %), Surxondaryo (51,9 %) va Toshkent viloyatida (49,8 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (Grafik №2, Jadval №1, 2).

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2025 yil dekabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 053,2 ming tani tashkil etdi va 2025 yilning noyabr oyiga nisbatan 1 075,6 ming tranzaksiyaga (17,9%) ortgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududda oshgan.

2025 yil dekabr oyida respublikaning 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (53,7 %), Qashqadaryo (45,6 %), Surxondaryo (39,2 %) va Sirdaryo (36,7 %) viloyatlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2025 yilning dekabr oyida IFIning birja komponenti 0,9867 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 1,3 foizga kamayganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 1,1 foizga ortganligi va tuzilgan bitimlar soni 3,8 foizga kamayganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025 yil dekabr oyida 8 071 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 15,6 foizga ortgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’YeKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2025 yil dekabr oyida 1,0047 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,5 foizga ortgan. Bunda:

2025 yil dekabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (493 863 birlik) nisbatan 2 347 birlikka ortib, 496 212 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 22 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 401 462 tadan 403 767 taga ortgan (2305 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 88 340 tadan 88 362 tagacha (22 ta) ortgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 4 083 tani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 22 taga ortgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2025 yil dekabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,2627 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 26,3 foizga oshgan. 2025 yilning dekabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 447 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Jadval №1

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1067

1,1799

0,9867

1,0047

1,2627

Qashqadaryo viloyati

1599

1,4556

2,0000

1,0086

2,2500

Sirdaryo viloyati

1536

1,3666

2,0000

1,0092

1,2000

Surxondaryo viloyati

1519

1,3924

2,0000

1,0007

0,4000

Toshkent viloyati

1498

1,1681

2,0000

1,0086

2,2500

Navoiy viloyati

1491

1,1720

2,0000

1,0051

2,0000

Namangan viloyati

1295

1,2861

1,3773

1,0088

2,4000

Buxoro viloyati

1235

1,3577

1,2742

0,9999

1,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1219

1,5374

1,0962

1,0097

0,6667

Samarqand viloyati

1177

1,1721

1,1563

1,0038

2,7692

Xorazm viloyati

1141

1,2822

1,1087

0,9925

1,0000

Farg‘ona viloyati

1127

1,2518

1,0994

1,0072

0,9231

Jizzax viloyati

1101

1,2260

1,0520

1,0064

1,0000

Toshkent shahri

1095

1,1692

1,0781

1,0041

1,1256

Andijon viloyati

1084

1,0736

1,1412

1,0076

1,0000

Jadval №2

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1222

1,1072

1,4195

1,0940

0,8663

Sirdaryo viloyati

1484

1,1287

2,0000

1,1079

1,5000

Xorazm viloyati

1448

1,0553

2,0000

1,0899

1,3077

Buxoro viloyati

1441

1,1042

2,0000

1,0314

0,9167

Samarqand viloyati

1439

1,0083

2,0000

1,0868

1,5652

Toshkent viloyati

1436

1,0487

2,0000

1,1128

0,8036

Qashqadaryo viloyati

1414

0,9741

2,0000

1,1167

0,9000

Jizzax viloyati

1406

1,0244

2,0000

1,1112

0,1111

Farg‘ona viloyati

1389

0,9238

2,0000

1,0781

0,9600

Surxondaryo viloyati

1341

1,1351

1,6292

1,0549

2,0000

Toshkent shahri

1146

1,1129

1,2114

1,1273

0,7819

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1133

1,1012

1,1537

1,1917

0,8000

Namangan viloyati

1118

1,0311

1,2134

1,0996

1,0000

Navoiy viloyati

1094

1,0160

1,1007

1,0843

2,0000

Andijon viloyati

1087

1,3516

0,8955

1,0410

0,9000

Islombek Saparmatov

Iqtisodiy tadqiqotar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar