O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi aprel oyida yuqori o‘sishni qayd etdi

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi aprel oyida yuqori o‘sishni qayd etdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2026 yil aprel oyida 1065 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 6,5 foizga ortgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 22 foizga o‘sish kuzatilgan, Grafik №1).

Joriy yilning aprel oyida IFI komponentlari darajasidagi quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi:

- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisob-varaqlaridagi operatsiyalar soni bo‘yicha komponent 8,3 foizga ortgan;

- tovar-xom ashyo birjasida xom-ashyo sotib olish jadalligi 5,4 foizga oshgan;

- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,7 foizga ortgan;

- tovar belgilari bo‘yicha komponent 33,9 foizga ortgan;

Shuningdek, 2026 yil aprel oyida IFI barcha hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan (Grafik №2).

Jumladan, Qoraqalpog‘iston (46,2 %), Namangan (43,0 %), Jizzax (41,1 %) va Sirdaryo viloyatida (38,1 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (Jadval №1, 2).

Hisobot davrida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 641,3 ming tani tashkil etib, 2026 yilning mart oyiga nisbatan 588,8 ming tranzaksiyaga (8,3%) ortgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 12 ta hududda ortgan. Xususan, Toshkent sh. (9,8 %), Toshkent (9,1 %), Sirdaryo (9,0 %) viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,1 %) yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan sezilarli ortgan. Bu ko‘rsatkich Xorazmda 4,4 % va Andijon viloyatida 3,7 %ga kamaygan.

Joriy yilning mart oyida IFIning birja komponenti 1,0543 birlikni tashkil etgan (o‘tgan oyga nisbatan 5,4 foizga ortgan). Bunda, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 15,0 foizga ortganligi va tuzilgan bitimlar soni 4,1 foizga kamayganligi kuzatildi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida asosiy 34 turdagi tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2026 yil aprel oyida 8 532 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 14,4 foizga ortgan.

Bunda, birja savdolardagi ushbu faollikda sanoat moyi savdosi hajmining o‘tgan oyga nisbatan 208,5 baravarga, bitum 2,6 baravar, paxta moyi 1,9 baravar va dizel yoqilg‘isi 1,6 baravarga ortishi asosiy omil hisoblanadi.

Hisobot davrida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari komponenti 1,0170 birlikni tashkil etib, oldingi oyga nisbatan 1,7 foizga ortgan. Bunda:

- barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni oldingi oyga nisbatan 3 682 birlikka ortib, 514,7 mingtani tashkil etgan;

- yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 221 taga oshib, 4 940 tani tashkil etgan;

- kichik korxonalar soni 3,6 mingtaga ortib, 420,9 mingtaga yetgan.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 141 taga kamayib, 88,9 mingtani tashkil etgan.

2026 yilning aprel oyida savdo belgilari bo‘yicha komponent 1,3392 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 33,9 foizga ortgan. Mazkur davrda yuridik shaxslar tomonidan 529 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Jadval №1

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1065

↑1.0835

↑1.0543

↑1.0170

↑1.3392

Qashqadaryo viloyati

↑1462

↑1.0304

↑2.0000

↓0.9850

↑2.8333

Namangan viloyati

↑1430

↑1.0388

↑2.0000

↓0.9887

↑1.6364

Jizzax viloyati

↑1411

↑1.0286

↑2.0000

↑1.0221

↓0.8571

Sirdaryo viloyati

↑1381

↑1.0901

↑1.1356

↓0.9803

↑11.0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1345

↑1.0813

↑1.6997

↑1.0311

↑2.0000

Navoiy viloyati

↑1311

↑1.0458

↑1.5552

↑1.0565

↑3.0000

Samarqand viloyati

↑1261

↑1.0638

↑1.4920

↑1.0112

↑2.3125

Toshkent viloyati

↑1137

↑1.0910

↑1.2461

↑1.0293

↑1.0238

Farg‘ona viloyati

↑1130

↑1.0348

↑1.2389

↑1.0167

↑1.6207

Toshkent shahri

↑1066

↑1.0975

↑1.0496

↑1.0188

↑1.2597

Surxondaryo viloyati

↑1054

↑1.0026

↑1.0833

↑1.0555

↑1.2500

Buxoro viloyati

↑1039

↑1.0337

↑1.1056

↓0.9815

↓0.6250

Xorazm viloyati

↑1021

↓0.9563

↑1.0427

↑1.0275

↑1.4545

Andijon viloyati

↑1021

↓0.9631

↑1.0660

↑1.0346

↑1.0000

Jadval №2

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1222

↑1.1003

↑1.3821

↑1.1156

↑1.2809

Andijon viloyati

↑1553

↑1.3524

↑2.0000

↑1.1139

↑1.1429

Toshkent shahri

↑1472

↑1.1153

↑2.0000

↑1.1206

↑1.1878

Surxondaryo viloyati

↑1453

↓0.8942

↑2.0000

↑1.2060

↑2.5000

Navoiy viloyati

↑1445

↓0.9575

↑1.9245

↑1.1353

↑3.0000

Toshkent viloyati

↑1433

↓0.9941

↑2.0000

↑1.1420

↑1.1316

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1430

↓0.9747

↑2.0000

↑1.1980

↓0.8571

Qashqadaryo viloyati

↑1429

↓0.9615

↑2.0000

↑1.0961

↑1.7000

Namangan viloyati

↑1428

↓0.9427

↑2.0000

↑1.1323

↑1.6364

Jizzax viloyati

↑1408

↓0.8747

↑2.0000

↑1.1659

↑1.5000

Xorazm viloyati

↑1131

↓0.8693

↑1.3070

↑1.1631

↑1.6000

Samarqand viloyati

↑1119

↑1.0282

↑1.1789

↑1.1502

↑1.1563

Farg‘ona viloyati

↑1099

↓0.9081

↑1.1455

↑1.1285

↑2.4737

Buxoro viloyati

↓985

↓0.9380

↓0.9730

↑1.0783

↑1.0000

Sirdaryo viloyati

↓872

↓0.9027

↓0.6987

↑1.0887

↑1.2222

Islom Saparmatov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar