Biz haqimizda

Biz haqimizda

Saytning o‘ziga xosligi shundaki, u nafaqat davlat xizmatchilari va rahbarlari, balki yirik va kichik korxonalar rahbarlari va mutaxassislari uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Saytda keskin va dolzarb mavzulardagi maqolalar, jahon iqtisodiyotining rivojlanish prognozlari va O‘zbekistonning uzoq muddatli rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari, ekspertlar fikri hamda infografikalar chop etiladi.

Bizning saytimizda nufuzli xalqaro tashkilotlar va diplomatik missiyalar vakillari, yetakchi ishbilarmonlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha ekspertlar bilan intervyular mavjud.

Bugungi kunda saytning asosiy maqsadi mamlakat va hududlardagi ishbilarmonlar hayotida yuz berayotgan hodisalar, nima uchun bu sodir bo‘layotgani va eng muhimi, mavjud o‘zgarishlarning natijalari haqida ob’yektiv va o‘z vaqtida malumot berish orqali jamiyat va biznes rivojiga hissa qo‘shishdir.

Bizning veb-saytimiz o‘quvchilari hukumatning eng yuqori pog‘onasi (13%), O‘zbekiston biznes sohasining yuqori lavozimli amaldorlari(32%), diplomatik vakolatxonalar va savdo uylari vakillari (29%), xalqaro ekspertlar (12%), shuningdek boshqa keng jamoatchilik hisoblandi. Siz ham saytimizning doimiy o‘quvchisiga aylanishingiz mumkin.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi

Hamkorlik uchun: 998 (78) 150-02-02

Maqolani ulashing