Jahon matbuoti şarhi

Jahon matbuoti şarhi

Hindiston mikrobiznes kreditlari böyiça davlat kafolati tölovlarini kamaytirmoqda (Hindiston hukumati)

Hindiston hukumati mikrokorxonalar kreditlarini kafolatlaş jamğarmasi faoliyatini 2031 yil 31 martgaça uzaytirdi. Jamğarma uçun 534 mln dollar ajratilgan. Hukumat hisob-kitoblariga köra, uşbu mexanizm orqali beş yil davomida qariyb 134,5 mlrd dollarlik kreditlar ajratilişini qöllab-quvvatlaş rejalaştirilgan. Davlat kafolati banklarni kredit qaytarilmasligi xavfidan himoya qiladi va tadbirkorlarga garovsiz kredit oliş imkonini beradi..

Banklar davlat kafolatidan foydalaniş uçun tölaydigan yillik tölov 1 foizdan 0,75 foizga, yaʼni 25 foizga kamaytiriladi. Kafolat miqdori kreditning amalda ajratilgan summasi yoki qaytarilmagan qarz qoldiği asosida hisoblanadi.

Dastur belgilangan talablarga javob beradigan mikrokorxonalarning 21,3 ming dollargaça bölgan kreditlari, şuningdek, özaro yordam guruhlariga beriladigan ayrim kreditlarni qamrab oladi. Bu orqali davlat mablağlari bank kreditlarini kafolatlaşga yönaltiriladi, tadbirkorlarning esa garovsiz moliyalaştiriş imkoniyatlari kengayadi.

Avstraliyada metallurgiya zavodining issiqligidan foydalanib vodorod işlab çiqariş texnologiyasi sinovdan ötkazildi (CSIRO)

Avstraliyaning CSIRO ilmiy agentligi Hadean Energy kompaniyasi texnologiyasini Port-Kembla şahridagi BlueScope metallurgiya zavodida sinovdan ötkazdi. 1 000 soatlik sinov davomida bir kilogramm vodorod işlab çiqariş uçun 36 kVt·soatdan kam elektr energiyasi sarflandi. Odatda boşqa elektroliz texnologiyalarida bu körsatkiç 50-55 kVt·soatni taşkil etadi.

Yangi texnologiyada metallurgiya zavodidan çiqadigan buğ va ortiqça issiqlik suvni vodorod va kislorodga ajratiş uçun işlatiladi. Natijada elektr energiyasi sarfi kamayadi. CSIRO işlab çiqqan qurilma qimmatbaho va noyob metallardan foydalanişni talab qilmaydi.

Keyingi bosqiçda qiymati 21 mln dollar bölgan yirikroq sanoat sinovi ötkaziladi. Xarajatlarning yarmini Avstraliyaning Qayta tiklanuvçi energetika agentligi moliyalaştiradi. Qurilma soatiga 7 kggaça vodorod işlab çiqarişi va korxonada pölatga issiqlik bilan işlov beriş jarayoni uçun zarur vodorodning 85 foizini taʼminlaşi kutilmoqda.

Yaponiyada isteʼmol talabining pasayişi sababli iqtisodiy ösiş töxtadi (Yaponiya hukumati)

Yaponiya hukumatining 16 noyabrda eʼlon qilingan dastlabki maʼlumotlariga köra, 2026 yilning III çoragida mamlakatning real yalpi içki mahsuloti (YaIM) deyarli ösmadi. Avvalgi çorakda iqtisodiyot 0,4 foizga ösgan edi. Aholining isteʼmol xarajatlari ketma-ket ikkinçi çorakda 0,3 foizga, uy-joy qurilişiga sarflangan mablağlar esa 1,1 foizga kamaydi.

Taşqi savdo ham iqtisodiy ösişga salbiy taʼsir körsatdi. Tovar va xizmatlar eksporti 0,2 foizga kamaydi, import esa 2,5 foizga oşdi. Natijada eksport va import örtasidagi farq YaIMning çoraklik ösişini 0,6 foiz bandiga pasaytirdi.

Şu bilan birga, korxonalarning uskunalar va boşqa işlab çiqariş obʼyektlariga investitsiyalari 1,6 foizga oşdi. Biroq investitsiyalar ösişiga qaramay, aholining isteʼmol talabi hali ham pastligiça qolmoqda.

Maqolani ulaşing

Öxşaş yangiliklar