Jahon matbuoti şarhi

Jahon matbuoti şarhi

Jahon savdosining 21 foizdan ortiği savdo çeklovlari taʼsirida (JST)

Jahon savdo taşkiloti (JST) maʼlumotlariga köra, 2026 yil birinçi yarim yilligi yakunida import bojlari va boşqa savdo çeklovlari 5,4 trln dollarlik tovarlarni yoki jahon importining 21,3 foizini qamrab oldi. Bu 2009 yildan buyon eng yuqori körsatkiçdir.

Yanvar-iyun oylarida mamlakatlar 333 ta yangi savdo çeklovi joriy etdi (2025 yil davomida 300 ta). Yangi import çeklovlari 2 trln dollarlik savdoga taʼsir körsatdi.

Şu bilan birga, savdoni yengillaştiriş böyiça 466 ta çora qabul qilinib, ular 1,3 trln dollarlik importni qamrab oldi. Aksariyat tarmoqlarda yengillaştiriş çoralari yangi çeklovlarga nisbatan kengroq tovar hajmini qamrab olgan bölsa, elektromobillar va quyoş panellari uçun elementlar bozorida çeklovlar ustunlik qildi.

Jahonda elektr energiyasiga talab umumiy energiya isteʼmoliga nisbatan ikki barobar tez ösmoqda (XEA)

Xalqaro energetika agentligi (XEA) maʼlumotlariga köra, 2019 yildan buyon jahonda elektr energiyasiga talab iqtisodiy ösiş surʼatlaridan tezroq, umumiy energiyaga talabga nisbatan esa ikki barobar yuqori surʼatda ösmoqda. Bunga sanoatni elektrlaştiriş, konditsionerlar, elektromobillar, issiqlik nasoslari va maʼlumotlar markazlarining elektr energiyasiga ehtiyoji ortişi sabab bölmoqda.

XEA prognozlariga köra, 2035 yilga borib elektr energiyasining yakuniy energiya isteʼmolidagi uluşi 30 foizga yaqinlaşadi. Şu bilan birga, binolarni sovitiş uçun energiyaga talab tarixda ilk bor ularni isitişga bölgan talabdan oşdi.

Yoqilği narxlarining beqarorligi elektr texnologiyalariga ötişni tezlaştirmoqda. Mamlakatlar energiya taʼminotini diversifikatsiya qiliş, mahalliy energiya resurslaridan foydalaniş va iqtisodiyotni elektrlaştirişga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

Xitoydan taşqari rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzi rekord darajadagi 38 trln dollarga yetdi (IIF)

Xalqaro moliya instituti (IIF) maʼlumotlariga köra, 2026 yil birinçi yarim yilligida Xitoydan taşqari rivojlanayotgan mamlakatlarning jami qarzi 38 trln dollarga yetdi. Uning qariyb 40 foizi davlat qarziga töğri keladi. Qarz oliş xarajatlarining yuqoriligi va avvalgi kreditlarni qaytariş majburiyatlari, ayniqsa, daromadi past mamlakatlar byudjetlariga bosimni kuçaytirmoqda.

Xorijiy moliya bozorlariga çiqiş imkoniyati çeklangan mamlakatlar içki banklar va moliya taşkilotlaridan qarz olişni köpaytirmoqda. Bu valyuta xatarlarini kamaytirsa-da, yuqori foiz stavkalari va qisqa qaytariş muddatlari qarz yukini oşirmoqda. Şuningdek, banklarning davlat qarzini moliyalaştirişi xususiy sektorni kreditlaş imkoniyatlarini çeklaşi mumkin.

IIF qarz muammolarini tezroq hal etiş uçun davlat kreditorlari, obligatsiya egalari va tijorat banklari bilan muzokaralarni bir vaqtda olib borişni taklif etmoqda. Xalqaro qarzlarni qayta tuziş tamoyillarini yangilaş işlarini 2027 yilda yakunlaş rejalaştirilgan.

Maqolani ulaşing

Öxşaş yangiliklar