XVJ va Jahon banki moliyaviy kiberfiribgarlikka qarşi kuraşişning yangi xalqaro tizimini taqdim etdi
Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) va Jahon banki turli mamlakatlarning ilğor tajribasiga asoslangan moliyaviy kiberfiribgarlikka qarşi kuraşişning yangi xalqaro tizimini taqdim etdi. Uşbu yondaşuv firibgarlikning oldini oliş, huquqiy va nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş hamda moliyaviy xizmatlar isteʼmolçilarini himoya qilişga qaratilgan 12 ta asosiy çorani öz içiga oladi.
Keltirilgan maʼlumotlarga köra, 2025 yilda dunyo böyiça moliyaviy kiberfiribgarlikdan yetkazilgan umumiy zarar 442 mlrd dollardan oşgan. Moliyaviy xizmatlar raqamlaşib borişi bilan firibgarlik holatlari ham köpaymoqda. Firibgarlar sunʼiy intellekt va psixologik taʼsir usullaridan foydalanib, fuqarolarni öz mablağlarini ixtiyoriy ravişda ularga ötkazişga undamoqda.
Bunga qarşi davlatlar yangi himoya mexanizmlarini joriy etmoqda. Singapurda 2023 yildan buyon bank mijozlari mablağlarining bir qismini maxsus himoyalangan hisobvaraqlarda saqlaş imkoniyatiga ega. Bu tizim mobil bank ilovasi buzib kirilgan taqdirda ham uşbu mablağlarni ötkazişni çeklaydi. Xizmatdan 589 ming kişi foydalangan, himoyalangan mablağlar hajmi esa 38 mlrd dollarga yetgan.
Gonkongda pul ötkazişdan oldin mablağ oluvçining hisobvarağini tekşiriş tizimi joriy etilgan. 2025 yilda uşbu mexanizm orqali 268 mln dollarlik şubhali operatsiyalar töxtatilgan, firibgarlikning oldini oliş çoralari soni esa 69,4 foizga oşgan.
Malayziyada firibgarlikka qarşi yagona platforma taşkil etilgan. U öğirlangan mablağlarning banklar örtasidagi harakatini avtomatik kuzatib, şubhali operatsiyalarni töxtatiş imkonini beradi.
XVJ va Jahon banki firibgarlikning oldini oliş böyiça masʼuliyatni aloqa operatorlari, raqamli platformalar va banklar örtasida taqsimlaşni tavsiya qilmoqda. Bunda aloqa operatorlari soxta SMS xabarlarni bloklaşi, raqamli platformalar reklamalarni tekşirişi, banklar esa şubhali moliyaviy operatsiyalarni aniqlab, töxtatişi lozim.
Şuningdek, uşbu faoliyatni muvofiqlaştiruvçi yagona organni belgilaş, axborot almaşiş va öğirlangan mablağlarni bloklaş böyiça milliy hamda xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş taklif etilmoqda.
Niderlandiyada yöl taʼmirlaş xodimlarini himoya qiliş uçun innovatsion köçma tösiqlar joriy etildi
Niderlandiyada avtomobil yöllarini taʼmirlaş vaqtida işçilar xavfsizligini taʼminlaş uçun Go-Barry köçma himoya tösiqlari qöllanila boşlandi. Yangi tizim transport harakatini töliq töxtatmasdan, taʼmirlanayotgan yöl qismini tezkor ajratiş imkonini beradi.
Uzunligi 200 metrgaça bölgan tösiq yordamida harakat tasmasini atigi 2 daqiqada yopiş yoki qayta oçiş mumkin. Taʼmirlaş işlari davomida tösiq GPS tizimi yordamida iş olib borilayotgan hudud böylab harakatlanib, işçilarni transport vositalaridan doimiy himoya qiladi.
Kelgusida köçma tösiqlar uzunligini 500–1 400 metrgaça oşiriş rejalaştirilgan. Bu texnologiyadan avtomobil yöllarining uzunroq qismlarida foydalaniş imkonini beradi.
Texnologiyaning asosiy afzalligi şundaki, yöllarni transport harakatini töliq töxtatmasdan taʼmirlaş, bir vaqtning özida işçilar xavfsizligini oşiriş va haydovçilar uçun noqulayliklarni kamaytiriş mumkin.
Yaponiyada avtomobil yöllari va köpriklar holatini masofadan kuzatiş texnologiyasi sinovdan ötkazilmoqda
Yaponiyaning NEXCO East kompaniyasi optik tolali texnologiyalar asosida avtomobil yöllari va köpriklarning texnik holatini masofadan baholaş tizimini sinovdan ötkazmoqda. Yangi texnologiya yöl infratuzilmasi holatini doimiy joyiga çiqib tekşirmasdan, yagona markazdan kuzatiş imkonini beradi.
Tizim yöllar va köpriklarga örnatilgan maxsus datçiklar orqali işlaydi. Ular inşootlardagi deformatsiyalarni va yöl qoplamasi haroratini qayd etib, maʼlumotlarni optik tolali tarmoq orqali monitoring markaziga uzatadi.
Sinovlar davomida 30 km uzunlikdagi yöl, şu jumladan, undagi köpriklar va suv ötkaziş inşootlari holati töğrisida maʼlumot töplaş imkoniyati tasdiqlandi.
Keyingi bosqiçda kuzatuv hududini 50–100 kmgaça kengaytiriş, şuningdek, tunnellar va yöl yonbağirlarini ham tizimga kiritiş rejalaştirilgan.
Uşbu texnologiya transport infratuzilmasini uzluksiz kuzatiş, xavfli özgarişlarni öz vaqtida aniqlaş va taʼmirlaş işlarini samarali rejalaştiriş imkonini beradi.
Olimlar mobil aloqa maʼlumotlari asosida aeroportlarda yölovçilar oqimini prognoz qiliş usulini işlab çiqdi
AQŞning Texas A&M universiteti va Portugaliyaning INOV INESC tadqiqot markazi olimlari mobil aloqaning şaxsni aniqlaş imkonini bermaydigan maʼlumotlari asosida aeroportlarda yölovçilar oqimini prognoz qiliş modelini işlab çiqdi. Texnologiya Lissabon aeroporti misolida sinovdan ötkazildi.
Tadqiqot davomida bir yil içida töplangan 9 mlndan ortiq anonimlaştirilgan mobil tarmoq signallari tahlil qilindi. Uşbu maʼlumotlar asosida aeroportda kutilayotgan yölovçilar oqimini oldindan baholaş imkonini beruvçi model yaratildi.
Tizim mavsumiy özgarişlar, bayram kunlari va yölovçilar oqimidagi tebranişlarni hisobga oladi. Prognozlar aeroport xodimlari sonini belgilaş, xavfsizlik tekşiruv punktlari faoliyatini rejalaştiriş hamda aeroportga xizmat körsatuvçi metro poyezdlari qatnovini tartibga solişda qöllanilişi mumkin.
Tadqiqot natijalariga köra, anʼanaviy usullar bilan taqqoslaganda prognozlaş xatoligi 24 foizgaça kamaygan.
Yangi yondaşuv aeroport xodimlari va infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, terminallarda ortiqça tirbandlikning oldini oliş hamda yölovçilarga xizmat körsatiş sifatini oşirişga xizmat qiladi.
Izoh qoldiriş